Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Davlat organlarini tasniflovchi belgilar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə44/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Davlat organlarini tasniflovchi belgilar:

  • hokimiyat vakolatiga ega;

  • davlat nomidan uning vazifa va funktsiyalarini bajaradi;

  • muayyan huquq va majburiyatlar majmui-kompetentsiyasiga ega;

  • muayyan huquqiy mustaqillikka ega;

  • o’z ichki tuzilishi va tuzilmasiga ega;

  • muayyan hududda faoliyat yuritadi;

  • o’z vakolati doirasida bajarilishi majburiy bo’lgan huquqiy aktlar chiqaradi;

  • qonunda belgilangan tartibda tashkil etiladi;

  • o’z shaxsiy tarkibi o’rtasida huquqiy aloqalarni o’rnatadi.

Davlat organlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

  • shakllanish usuliga ko’ra: birlamchi (Oliy Majlis, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti) va hosilaviy (birlamchi organlar tomonidan tashkil etiladigan boshqa barcha organlar);

  • faoliyat hududiga ko’ra: markaziy (Oliy Majlis, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa respublika miqyosidagi organlar) va mahalliy (viloyat, tuman, shahar hokimliklari, xalq deputatlari kengashlari, respublika idoralarining mahalliy bo’g’inlari);

  • kompetentsiyasining xarakteriga ko’ra: umumiy kompetentsiyali (Oliy Majlis, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, hokimliklar, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va maxsus kompetentsiyali (vazirliklar, davlat qo’mitalari, agentliklar va boshqalar);

  • hokimiyat vakolatlari bo’linishi printsipiga ko’ra: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;

  • qaror qabul qilish tartibiga ko’ra: kollegial (Oliy Majlis, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari) va yakka tartibda qaror qabul qiladigan (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, hokimlar) davlat organlari va institutlari.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin