Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


DAVLAT SHAKLLARINING RIVOJLANISHI VA O’ZGARISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə33/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. DAVLAT SHAKLLARINING RIVOJLANISHI VA O’ZGARISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


Davlat shakllarining rivojlanishi va o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy muhit;

  • tarixiy, milliy va diniy an’analar, urf-odatlar;

  • tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;

  • siyosiy kuchlarning o’zaro nisbati;

  • jamiyatni g’oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi.



3. DAVLATNING BOSHQARUV SHAKLI


Davlat boshqaruv shakli - bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o’zaro va aholi bilan bo’lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining elementidir.
Davlat boshqaruv shakliga ko’ra ikkiga bo’linadi: monarxiya va respublika.
Monarxiya (lotincha: monos-yakka, arxe-hokimiyat ma’nosini anglatadi) - bunda oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi va odatda hokimiyat unga meros orqali o’tadi.
Monarxiyaning belgilari:

  • hokimiyat meros orqali o’tadi;

  • o’z hokimiyatidan umrbod foydalanadigan davlat boshlig’ining (podsho, qirol, imperator, shoh, xon, knyaz, gertsog va boshqalar) mavjudligi;

  • monarxning o’z xatti-harakatlari yuzasidan huquqiy javobgar emasligi;

  • monarx shaxsining daxlsizligi;

  • ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda bevosita o’z nomidan ish ko’rishi va boshqalar.

Monarxiya boshqaruvining ko’rinishlari: mutloq (absolyut), cheklangan, dualistik (aralash), teokratik.
1.Mutloq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx bo’lib, u o’z qo’lida butun hokimiyatni (qonunchilik, ijroiy va sud) to’plagan bo’ladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan bo’ladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud).

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin