Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Davlatning mudofaa faoliyati



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə30/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanadi va quyidagi besh asosiy yo’nalishdan tashkil topadi: mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash; qurolli kuchlarni muntazam takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi darajasini oshirib borish; davlat chegaralarini qo’riqlash; fuqarolar mudofaasini tashkil qilish; qurolli kuchlar zaxirasini harbiy tayyorlash va boshqalar.
Davlat funktsiyalari amal qilish davomiyligi bo’yicha doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik) ga bo’linadi.
Doimiy funktsiyalar qatoriga davlat mavjudligining va rivojlanishining barcha bosqichlariga xos bo’lgan funktsiyalar (masalan: iqtisodiy funktsiya) kiritilsa, muvaqqat funktsiyalarga esa davlat o’z oldiga qo’ygan muayyan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotadigan funktsiyalar kiritiladi(masalan: tabiiy yoki texnogen halokatlarni bartaraf etish).
Ijtimoiy ahamiyatiga ko’ra davlat funktsiyalari asosiy va asosiy bo’lmagan funktsiyalarga bo’linadi.
Davlatning asosiy va asosiy bo’lmagan funktsiyalari o’zaro bir biri bilan bog’liq bo’lib, davlatning asosiy bo’lmagan funktsiyasi davlatning asosiy funktsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Davlatning barcha organlari tomonidan o’zaro hamkorlikda bajariladigan funktsiyalar asosiy funktsiyalar deyilsa, ayrim davlat organlarigagina xos bo’lgan funktsiyalar esa asosiy bo’lmagan funktsiyalar hisoblanadi.
Amalga oshirishning huquqiy shakllari bo’yicha davlat funktsiyalarini quyidagicha tasniflash mumkin:

  • huquq ijodkorligi;

  • ijro etish;

  • huquqni muhofaza qilish.

Huquq ijodkorligi - bu normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo’lib, ushbu faoliyatsiz davlatning boshqa funktsiyalarini amalga oshirib bo’lmaydi.
Ijro etish faoliyatiga qonun va boshqa normativ hujjatlarning amalda qanchalik darajada o’z ijrosini topishi yoki topmasligi bilan bog’liq holatlarni kiritish mumkin.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibotni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinligini himoya qilish, qonun va qoidalarga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha chora ko’rish, yuridik ishlarni ko’rib chiqish va ular yuzasidan qarorlarlar qabul qilish hamda javobgarlikka tortish kabilarni kiritish mumkin.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin