Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə28/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni kooperatsiyalashtirish va ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalarni ayrboshlash, tovar aylanishini muvofiqlashtirish, moliya-kredit aloqalarini rivojlantirish muhim o’rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvofiqlashtirishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari amalga oshiradi. Jumladan, BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tarkibida jahon hamjamiyati miqyosida davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish bilan shug’ullanadigan qator organlar ish olib boradi, bular: Savdo-sotiq va rivojlanish kengashi, Iqtisodiy komitet, Mintaqaviy iqtisodiy komissiyalar, Turar joy masalasi, qurilish va loyihalash, tabiiy resurslar, fan va texnika komitetlari. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo’jalik tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki singari va boshqa tashkilotlari shug’ullanadi. Iqtisodiy hamkorlik shuningdek, davlatlar o’rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.
Davlatlarning siyosiy sohadagi hamkorligi davlat hokimiyatining barcha pog’onalarida: parlamentlararo, hukumatlararo miqyosda hamda mahalliy o’zini o’zi boshqaruv organlari miqyosida amalga oshiriladi.
BMT hozirgi zamon davlatlarining siyosiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi asosiy xalqaro organ hisoblanadi. Nizolarni, shu jumladan qurolli mojarolarni tartibga solish masalalari bilan BMTning doimiy faoliyat yurituvchi organi – Xavfsizlik Kengashi shug’ullanadi. Unga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, davlatlararo munosabatlarning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha keng huquqlar berilgan.
Jahonda siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash ishiga mintaqaviy xalqaro tashkilotlar: Shanxay hamkorligi tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Afrika birdamlik tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti va boshqalar ham munosib hissa qo’shmoqdalar. Siyosiy xususiyatga ega bo’lgan ko’pgina masalalarni davlatlar bevosita diplomatik yo’l bilan, ikki yoki ko’p tomonlama muzokaralar asosida hal qiladilar.
Madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik har xil shakllarda va turli davlatlararo miqyoslarda amalga oshiriladi. BMTda bunday hamkorlikni muvofiqlashtirish bilan ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha ixtisoslashgan muassasalar (YuNESKO), Atom energetikasi xalqaro agentligi (MAGATE) va boshqa tashkilotlar shug’ullanadi. Madaniy va ilmiy-texnik rivojlanishning alohida masalalari esa davlatlar va nohukumat tashkilotlari (masalan, Jahon demokratik yoshlar tashkiloti, Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashi, Xalqaro arxitektorlar uyushmasi) o’rtasidagi ikki tomonlama yoki ko’p tomonlama shartnomalar asosida hal qilinadi. Xalqaro va ilmiy-texnik hamkorlik doirasida ilmiy ma’lumotlar, san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini almashish, o’zaro mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat masalalariga doir turli konferentsiyalar va festivallar, olimlar, madaniyat arboblari va sportchilar o’rtasida bevosita aloqalar o’rnatiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin