Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Prezidentlik respublikasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə36/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Prezidentlik respublikasi. Bunda prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi. Prezident hukumatni o’zi shakllantiradi va hukumat uning oldida javobgar bo’ladi (AQSh, Rossiya, Braziliya, Argentina, Meksika va boshqalar). Prezident umumxalq saylovlari asosida o’z lavozimiga saylanadi.
Dualistik (aralash) respublika. Bunday boshqaruv shaklida davlat boshlig’i - prezident xalq tomonidan saylanadi. U xukumat boshlig’ini tayinlashda rasman ishtirok etadi, lekin xukumat boshlig’i va a’zolari parlamentdagi ko’pchilik tomonidan shakllantiriladi (Frantsiya, Finlyandiya). Boshqaruvning bunday shaklida prezident konstitutsiya asosida ijro hokimiyati va xukumat o’rtasida hal qilib bo’lmaydigan ziddiyatlar kelib chiqqan holatda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo’ladi.
4. DAVLATNING TUZILISH SHAKLI


Davlatning tuzilish shakli - bu davlatning siyosiy va ma’muriy -hududiy tuzilishi bo’lib, markaziy va mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.
Davlatning tuzilish shakliga ko’ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko’rinishlari mavjud.
Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo’lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo’lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo’ladi.
Unitar davlatga xos belgilar:

  • qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;

  • yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi;

  • yagona fuqarolikning joriy etilganligi;

  • barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi.

Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlat - bu mustaqil bo’lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy (Sobiq Ittifoq, muayyan darajada Rossiya Federatsiyasi) va hududiy (AQSh, Meksika, Hindiston) shakllari mavjud.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin