Fanining maqsadi va vazifalari Fanini o’qitishdan maqsad - talabalarda davlat va huquqni inson va jamiyatga nisbatan xizmatining mohiyati, ijtimoiy qimmati va ahamiyati haqidagi ilmiy tushunchalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarda normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo’llash mahoratini, davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi borasidagi umumnazariy bilimlarni ijtimoiy muammolarni shaxs va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’rgatishdan iborat.
2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar “Davlat va huquq tarixi va nazariyasi ” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- davlat va huquq hodisalari, xususan, davlat va huquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi, amal qilishi va istiqboli haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- davlat va huquqning mohiyati, uning eng muhim belgilari, davlat va huquqning amal qilishi, davlat shakllari, funktsiyalari, mexanizmi haqida, davlat va huquqning hozirgi zamon tushunchasi, shuningdek hozirgi zamon davlati va huquqining nisbati kabilar haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi; -hozirgi zamon davlatini demokratlashtirish masalalarida davlat va huquqning o’rni haqidagi nazariy bilimlarni, huquqiy normalarni ishlab chiqishda huquq nazariyasi haqidagi bilimlarni, davlat organlarini tashkil etish va faoliyati tamoyillarini bilish borasida amaliyko’nikmalarni egallashi; -normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qo’llash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini, ayniqsa qonun loyihalarini ishlab chiqish, amaldagi qonunchilikni huquqiy ekspertizadan o’tkazish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga va xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi bo’yicha monitoring o’tkazish, huquqiy xususiyatdagi hujjatlarni tuzish, qonun doirasida huquqiy qarorlar qabul qilish va boshqa huquqiy harakatlarni amalga oshirish malakalarini egallashi; - “Davlat va huquq tarixi va nazariyasi ” fani yuzasidan tavsiya etilgan ma’lumotlardan xabardor bo’lish va olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash kompetentsiyalariga ega bo’lishi kerak.