tarixiy-nazariy yuridik fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi va h.);
maxsus va tarmoq yuridik fanlar (fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, mehnat huquqi, ma’muriy huquq, konstitutsiyaviy huquq, moliya, er huquqlari, jinoyat protsessual huquqi, fuqarolik protsessual huquqi va boshqalar);
amaliy yuridik fanlar (kriminalistika, sud buxgalteriyasi, sud meditsinasi, sud psixiatriyasi);
Xalqaro –huquqiy fanlar.
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida yuzaga chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi bilan davlat va huquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning har ikkalasi ham davlat va huquq haqida bahs yuritadi va h.
Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlar bilan ham xuddi shunday ikki yoqlama aloqadadir.
Demak, davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlari tizimida markaziy, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini umumlashtiradi va ularning o’zaro boyishga yordam beradi.
4. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING METODLARI
Davlat va huquq nazariyasi (fani) ning metodlari - davlat va huquq hodisalarini o’rganish usullari hisoblanadi. Ular davlat va huquqning turli sohalari va jihatlarini ochib berishga ko’maklashadi. Davlat va huquq to’g’risidagi bilimlarni o’rganish, to’plash, umumlashtirish va muayyan tizimga keltirishga yordam beradi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlarini to’rt guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin:
Eng umumiy metodlar: metafizik va dialektik metodlar;
Umum-ilmiy metodlar: analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya, tizimli, funktsional va b;
Xususiy metodlar: sotsiologik, qiyoslash, statistik, mantiqiy va b.;
Xususiy-huquqiy metodlar: formal yuridik, qiyosiy-huquqiy, huquqiy modellashtirish va b.
Davlat va huquq nazariyasi usullari uning predmeti bilan mahkam bog’liqdir.
Agarda fanning predmeti - u nimani o’rganadi degan savolga javob bersa, usullari esa qanday o’rganilishi haqidagi savolga javob beradi.
Fanning usuli asosida uning predmeti yotadi, chunki nazariyasiz usul predmetsiz qoladi, fan esa - mazmun va mohiyatsiz.
Nazariya va metod bir paytda paydo bo’ladi, lekin ular bir-birining o’rnini bosa olmaydi.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini o’rganish uchun o’zining xususiy usullarini ishlab chiqadi, lekin shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy usullarni ham faol qo’llaydi. Fanda uzoq muddat davomida bilishning idealistik va materialistik usullari bir-biriga qarshi kurashib keladi (metafizika, dialektika).
Falsafiy qonun va kategoriyalarga bevosita kirishib (bog’lanib) ketadigan usullardan biri-mavhumlik (abstrakt)dan konkretlikka va konkretlikdan mavhumlikga o’tish usulidir.
Jumladan, davlat va huquq haqidagi hodisalarni o’rganishda tarixiy usul ham qo’llaniladi. Chunki, fan davlat va huquqning ildizini bilish uchun tarixiy an’analarni bilishi zarur bo’ladi.
Davlat va huquqni o’rganishning yana bir usuli - tizimli usul hisoblanadi. Davlat va huquq mohiyatiga, tuzilishiga ko’ra - murakkab tizimli hodisadir.
Yuqoridagi usullarning barchasi umumilmiy usullar jumlasiga kiradi.
Davlat va huquq nazariyasining umumilmiy usullari bilan bir qatorda davlat va huquq tushunchasini aniqlashga yordam beruvchi xususiy ilmiy usul (metod)lar mavjud. Bu metodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik; qiyoslash; davlat va huquqni modellashtirish; konkret-sotsiologik; sotsial-eksperiment va b.
Formal-mantiqiy usul - davlat va huquq ob’ektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlik va mantiqiy qonuniyatlarga asosan o’rganadi.
Formal-yuridik usul - huquq nomalarini va umumhuquqning ichki tuzilishini o’rganadi, huquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi va h. Umuman bu usul davlat va huquqning tabiatidan kelib chiqqan holda davlat va huquqning fenomeni (eng nodir hodisa tomonlari)ni ochib berishga, klassifikatsiya qilishga va ma’lum tizimga solishga yordam beradi.
Qiyoslash usuli - davlat va huquq haqidagi hodisa va qarashlarni (fikrlarni) qiyoslab o’rganishdir.
Davlat va huquqni modellashtirish usuli - bu usulning mohiyati shundaki, har xil davlat va huquq hodisalari o’rtasida ma’lum bir o’xshashlik mavjud va shuning uchun ham ulardan birining xususiy belgilarini bilgan holda (modelini), boshqalari haqida etarlicha fikr yuritsa bo’ladi.
Konkret-sotsiologik usul - bu usul yordamida barcha davlat organlari tizimini huquqiy tartibga solish, qonuniylikning ahvoli, huquq-tartibot to’g’risida, ularning amal qilishi samaraligiga aniqlik kiritish mumkin.
Sotsial-eksperiment usuli - davlat va huquqqa doir biror normani qo’llanishining maqsadga muvofiqligini tajriba (eksperiment) yo’li bilan muayyan hududlarda sinab ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |