Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə12/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

1. JAMIYAT TUSHUNCHASI

Ilmiy adabiyotlarda va o’quv darsliklarida va kishilik jamiyatiga turlicha ta’rif yoki tavsiflar beriladi, biroq ularning barchasi bitta fikrga borib taqaladi, ya’ni:




Jamiyat - bu tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Jamiyatbu kishilar o’rtasidagi o’zaro turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma’naviy, sinfiy, guruhiy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig’indisi.

Jamiyatda, avvalambor, biologik qonunlar emas, balkim ijtimoiy qonunlar harakatda bo’ladi.


Jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy munosabatlar mahsuli sifatida qarash quyidagilarni bilishga yordam beradi:
- birinchidan, unga tarixiy-huquqiy nuqtai - nazardan yondashish turli xil ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyalarni ajratib ko’rsatishga (quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik);
- ikkinchidan, ijtimoiy hayotning o’ziga xos tomonlarini aniqlashga (iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy);
- uchinchidan, ijtimoiy munosabat sub’ektlarini aniq ifodalashga (shaxs, oila, millat va b.).
Jamiyatning muhim jihati shundan iboratki, u insonlarning o’zaro aloqalar tizimini ifodalaydi.
Inson jamiyat bilan o’zaro aloqada bo’la turib rivojlanadi, o’zining ijtimoiy mohiyatiga ega bo’lgan xususiyatlarini rivojlantiradi (kengaytiradi, o’stiradi) hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etadi.


2. JAMIYAT MAVJUD BO’LISHI ShAKLLARINING XILMA-XILLIGI

Jamiyat tarixiy taraqqiyotning turli xil davrlarida turlicha shakllarda bo’lib, uning etuklik darajasi, ichki tuzilishi (iqtisodiy, ijtimoiy - sinfiy, siyosiy tizimi) o’zgarib turadi.


Ibtidoiy jamoa jamiyati uzoq davr mobaynida nisbatan urug’chilik jamoalari ko’rinishda bo’lib ijtimoiy yoki boshqa qatlamlarga bo’linmagan. Asta-sekin jamiyat tuzilishi murakkablasha borgan, ya’ni iqtisodiy munosabatlarni o’zgarishi bilan ijtimoiy birikmalar, guruhlar, sinflar paydo bo’la boshladi, ular esa o’zlarining manfaatlari, qiziqishlari va xususiyatlariga ega bo’lgan.
Jamiyat ijtimoiy, siyosiy institutlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Kishilar - ijtimoiy mavjudot bo’lib, ular ehtiyoj, manfaat va maqsadlariga ko’ra birikmasdan yashay yoki mehnat qila olmaydilar.
Ijtimoiy va siyosiy institutlar ob’ektiv zaruriyatdan kelib chiqqan holda biologik, sotsial, siyosiy va boshqa sabablarga ko’ra payo bo’ladi.
Dastlabki tarixiy ijtimoiy institut bo’lib urug’ jamoasi hisoblanadi.
Urug’ – qon-qarindoshlik asosiga ko’ra birikkan guruh. Ular umumiy mulka, birgalikdagi mehnatga va teng taqsimlanishga ega bo’lganlar. Urug’chilik ming yillar davomida amal qilgan, yashagan va qabilalarga birikganlar.
Birinchi tarixiy-siyosiy, muhim institut bo’lib davlat hisoblanadi.
Kishilik jamiyatining ajralmas qismi va muhim elementi bo’lib u bilan birga yuzaga kelgan ijtimoiy hokimiyat hisoblanadi. Hokimiyat jamiyatga hayot baxsh etib turuvchi, tizimga solib turuvchi elementdir.
Shunday qilib, ijtimoiy hokimiyat tashkiliy kuch bo’lib, u yoki bu ijtimoiy ittifoq - qabila, guruh, sinf, xalqning (hokimlik sub’ekti) irodasiga bo’ysunuvchi kishilar erkinining bo’ysundirilishidir.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin