Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING FUNKSIYALARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə10/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

5. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING FUNKSIYALARI


Davlat va huquq nazariyasi fundamental fan sifatida bir qator funktsiyalarni bajaradi. Bularga ontologik, gnoseologik, evristik, siyosiy-boshqaruvlik, mafkuraviy, amaliy-tashkiliy, prognozlash funktsiyalari kiradi.
6. O’QUV FANI SIFATIDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASINING TUZILISHI

Davlat va huquqqa oid hodisalar, jarayonlar xilma-xil va ko’p qirralidir. Biroq, ularning barchasiga xos bo’lgan umumiy, muhim, doimiy, uzviy bog’lanishda bo’lgan tomonlari va jihatlari ham mavjuddir. Ana shu jihat va tomonlarni bilish mavjud voqelik to’g’risida yaxlit tasavvurlarni keltirib chiqaradi, ushbu voqelikning umumiy qonuniyatlarini ochish va shu asosda uni boshqarish imkoniyatini yaratadi.


Davlat va huquq nazariyasining predmetiga an’anaviy ravishda fanning umumiy xarakteristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (predmet va metod, ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni), davlat va huquqning kelib chiqishi o’zgarishi bilan bog’liq masalalar kiradi.


7. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING BO’LG’USI HUQUQSHUNOSLARNI TAYYORLAShDAGI AHAMIYATI


«Davlat va huquq nazariyasi» fanini o’qitishdan maqsad talabalarda davlat va huquqni inson hamda jamiyatga nisbatan xizmatining mohiyati, ijtimoiy qimmati, ahamiyati haqidagi ilmiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan.
«Davlat va huquq nazariyasi» fanining vazifalari talabalarda davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan bog’liq umumnazariy bilimlarni shakllantirishdan, ijtimoiy muammolarni shaxs va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, davlat-huquqiy nuqtai-nazardan turib hal etish uquvini vujudga keltirishdan iborat.
Oliy yuridik ma’lumot berish kontseptsiyasi davlatning huquqiy hayotida ijodiy faol qatnasha oladigan, yuqori malaka va chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Bu erda tor doiradagi bilim o’rinli bo’lmaydi, bu nafaqat yuristning intellektual qobiliyatini susaytiribgina qolmasdan, balki uning mutaxassislik (professional) faoliyati xarakteriga to’g’ri kelmaydi. Tushunarli, sudya, prokuror, tergovchi, advokatlardan turli xil yuridik ishlarni bajarishlarida konkret qonunlarni, ularning bajarilish tartiblarini yaxshi bilishlari talab qilinadi.
Biroq, faqatgina davlat va huquq to’g’risida chuqur ilmiy tasavvurlarga ega bo’lgan holda hamda qonun va huquqning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ustun ekanligini, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasi doimo yuqorida bo’lishini anglatgan holdagina bularning barchasini to’la tushunib etish va ulardan foydalanish mumkin.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin