Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


-mavzu. DAVLAT TUSHUNCHASI, BELGILARI, MOHIYATI VA TIPLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə18/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

3-mavzu. DAVLAT TUSHUNCHASI, BELGILARI, MOHIYATI VA TIPLARI


Mavzuning asosiy yo’nalishlari:
Davlat tushunchasi va belgilari.
Davlat mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati to’g’risidagi turli nazariyalar.
Davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning muhim shakli sifatida.
Davlat hokimiyatining belgilari.
Davlat tipologiyasi.
Davlat tipologiyasi muammosiga formatsiyaviy va tsivilizatsiyaviy yondashuvlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida davlat hokimiyatini liberallashtirish masalalarining yoritilishi.


1. DAVLAT TUSHUNCHASI VA BELGILARI


Davlat tushunchasiga ta’rif berishda quyidagi umumlashgan (ijtimoiy, sinfiy va sof yuridik nuqtai nazardan) yondashuvlar mavjud:

  • davlat (umumijtimoiy) – bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo’lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy -siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot.

  • davlat (sinfiy) –­ bu iqtisodiy va siyosiy jihatdan xukmron bo’lgan sinfning manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilotdir.

  • davlat (yuridik) – bu muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot.

Davlatning asosiy belgilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Aholining hududiy asosga ko’ra birlashganligi. Hozirgi zamon yuridik fanida davlat hududi deganda, muayyan davlatning suvereniteti tadbiq etiladigan doira nazarda tutiladi. Davlat hududi o’z ichiga quruqlik, suv, er osti va havo makonlarini qamrab oladi.

  • Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi. Davlat o’z oldiga qo’ygan vazifa va funktsiyalarini amalga oshirish hamda jamiyat ustidan boshqaruvni tashkil etish uchun murakkab mexanizm (apparat)ga ega bo’ladi. Maxsus tarzda tashkil etilgan ushbu davlat mexanizmining samarali faoliyat yuritishi uchun alohida kishilar guruhi, ya’ni, davlat xizmatchilari bo’lishi taqozo etiladi. Ushbu shaxslarning asosiy vazifasi jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshirish hisoblanadi. Jamiyat siyosiy tizimining boshqa tuzilmalaridan farqli o’laroq, faqat davlatgina qonun chiqaruvchi hokimiyat, vazirlar mahkamasi, sud, prokuratura, qurolli kuchlar, ichki ishlar kabi organ va tuzilmalarga ega bo’ladi.


  • Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin