Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Urug’chilik tuzumida o’z-o’zini boshqarishning quyidagi tuzilmalari mavjud bo’lgan



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə14/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Urug’chilik tuzumida o’z-o’zini boshqarishning quyidagi tuzilmalari mavjud bo’lgan:

  1. Oqsoqollar ittifoqi. U boshqaruvning asosiy masalalarini va muayyan ziddiyatli holatlarni hal etgan.

  2. Harbiy boshliqlar. Ular urug’ning yosh a’zolari o’rtasida harbiy tayyorgarlikni hamda harbiy drujinalarni shakllantirib, urush vaqtlarida ular ustidan qo’mondonlikni amalga oshirgan.

  3. Umumiy (urug’) yig’in. Unda urug’ning voyaga etgan barcha ayol va erkak a’zolari teng ravishda ishtirok etganlar. Urug’ yig’inida dohiylar va harbiy boshliqlar saylangan hamda urug’ hayotining eng muhim masalalari hal etilgan. Urug’ yig’inida shuningdek, urush va sulh masalalari, ommaviy ko’chish va yirik konfliktlarni hal etishga qaratilgan qarorlar qabul qilingan.

  4. Kohinlar. Ular turli xil diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o’tkazish tartiblarini hamda diniy tusdagi yurish-turish normalarini shakllantirganlar. Shuningdek, diniy sudlovni amalga oshirganlar.

5. DAVLAT – JAMIYAT MAVJUD BO’LISHINING BIR SHAKLI SIFATIDA


Davlatning jamiyat mavjud bo’lishining bir shakli sifatidagi o’rnini belgilashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

  • davlat jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan emas (dastlabki davlat tuzilmalari bundan besh ming yillar oldin yuzaga kelgan bo’lsa, ibtidoiy jamoalar bir yarim million yillar davomida shakllanib kelgan);

  • davlat ijtimoiy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga kelgan;

  • davlat tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida shakllangan;

  • davlatning yuzaga kelishiga bir qator omillar, xususan, geografik, diniy, ruhiy, iqtisodiy, sinfiy omillar sabab bo’lgan.

Davlat umu­miy muammolarni hal etish — tashqi dushmanlardan himoyala­nish, jamoat ishlarini ta’minlash, ommaviy qirilib ketishdan saqlanish sharoitlarini yaratish va boshqa zaruratlar tufayli vujudga kelgan.
Davlat hokimiyati jamoa ichida tartibni va tashqi hujumlardan xavfsizlikni qanchalik tez va yaxshiroq ta’minlasa, shunchalik jadal va mus­tahkamroq tarkib topgan. Binobarin, davlat, albatta, boshqaruv va majburlov mahkama­siga ega bo’lgan. U davlatning o’ziga xos funktsiyalariga aylangan o’sha vazifalarni bajarishga xizmat qilgan.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin