Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Hokimiyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi. 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə22/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

1. Hokimiyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
2. Hokimiyat jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlariga xos bo’lgan hodisadir.
3. Hokimiyat faqat ijtimoiy munosabatlar doirasidagina amalda bo’ladi.
4. Hokimiyat munosabatlari ikki tomonlama ko’rinishga ega bo’lib, uning muayyan bir sub’ekti hokimiyat sub’ekti bo’lsa, ikkinchi tomoni esa hokimiyatga bo’ysunuvchi sub’ekt hisoblanadi.
5. Hokimiyatning eng muhim belgilaridan biri, bu uning muayyan kuchga egaligidadir. Bunday kuch turli xil shaklda bo’lishi mumkin, ya’ni jismoniy kuch, harbiy kuch, avtoritet kuchi, ishonch, estetik ta’sir va b.
Hokimiyatni turli xil mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin. Xususan, ijtimoiy darajalariga ko’ra u quyidagicha tasniflanadi:
a) butun jamiyat doirasidagi hokimiyat;
b) u yoki bu jamoa doirasidagi hokimiyat;
v) ikki individ munosabatlari o’rtasidagi hokimiyat.
Hokimiyat shuningdek, siyosiy va nosiyosiy turlarga bo’linadi. Siyosiy hokimiyatning shakllari sifatida davlat hokimiyati, muayyan siyosiy partiyalar hokimiyati, siyosiy liderlar hokimiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin. Hokimiyatni amalga oshirish usul va vositalaridan kelib chiqib, uning demokratik yoki nodemokratik shakllari mavjud. Hokimiyatning nosiyosiy turlaridan biri, bu oilaviy hokimiyat (masalan: oilada ota-ona hokimiyati) hisoblanadi.


4. DAVLAT HOKIMIYATINING BELGILARI


Davlat hokimiyati - bu davlat majburlov kuchiga tayanadigan, sub’ektlar o’rtasida hukmronlik va tobelikka asoslanadigan ommaviy-siyosiy munosabatlar tizimidir.
Davlat hokimiyatini xarakterlovchi quyidagi belgilar mavjud:

  • davlat hokimiyati universal xarakterga ega bo’lib, u mamlakatning butun hududi va aholisiga nisbatan tadbiq etiladi;

  • davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xarakterga ega, ya’ni unda hokimiyat hokimiyat ob’ekti sifatida jamiyatdan alohida ajratilgan professional apparat tomonidan amalga oshiriladi;

  • davlat hokimiyati umummajburiy tusdagi yurish turish qoidalarini, ya’ni huquq normalarini yaratishda qat’iy vakolatga ega;

  • davlatning majburlov kuchiga tayanadi;

  • davlat hokimiyati vaqt doirasida doimiy va uzluksiz amalda bo’ladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin