Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə23/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

5. DAVLAT TIPOLOGIYASI


Davlatning tipi – bu muayyan davlatlarga xos bo’lgan bir xil, muhim va umumiy belgilar yig’indisidir.
Davlatlarni tiplarga ajratishda formatsion va tsivilizatsion yondashuvlar mavjud.
Formatsiyaviy yondashuv - davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, bazis va ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda funktsiyalari mezoniga ko’ra tiplarga ajratishdir.
Ushbu yondashuv vakillarining (K.Marks, F.Engels, V.Lenin) fikricha, davlat iqtisodiy jihatdan hukmron bo’lgan sinflarning quyi sinflar ustidan zo’ravonligini, hukmronligini amalga oshiruvchi tashkilotidir. Jamiyatda formatsiyalarning almashinuvi iqtisodiy sohadagi ziddiyatlar bilan bog’liq. Bunday yondashuv bo’yicha formatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi takrorlanib turadigan jarayondir.
Formatsion yondashuvga ko’ra insoniyat taraqqiyotida to’rt tipdagi davlatlar shakllanib kelgan, ya’ni, quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlatlar.
Quldorlik davlati. Evropada ilk quldorlik davlatlari mi­l. avv. IX-VII asrlarda yuzaga kelgan bo’lsa, Misrda undan 20 asr oldin mavjud bo’lgan. Quldorlik davlatlarining iqtisodiy asosini nafaqat ishlab chiqarish qurollari, vositalari balki, huquq va erkinliklarga ega bo’lmagan qullarning mehnati ham tashkil etgan. Quldorlik davlatining asosiy vazifasi ekspluatatsiya qilinuvchi qullarning qarshiligini bostirish, sinfiy ezish hisoblangan.
Davlatning vazifalari faqat quldorlar manfaatlari yo’lida, uning umumijtimoiy funktsiyalari esa hukmron sinf manfaatla­riga muvofiq keladigan darajada amalga oshirilgan. Shu bois, quldorlik davlatlarida qullarning qarshilik harakatlari tez-tez sodir bo’lib turganligi, ularning quldorlar hokimiyatiga qarshi yirik isyonlari tarixdan ma’lum (Sitsi­liyada, Kichik Osiyoda qullarning miloddan avvalgi II asrdagi g’ala­yonlari, miloddan avvalgi I asrdagi Spartak qo’zg’oloni shular jum­lasiga kiradi).
Feodal davlat. Bu turdagi davlat Evropada eramizning VI-IX asrlarida vujudga kelgan. Feodallarning erga xususiy mulkchiligi feodal davlatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Dehqonlar feodal erlarida mayda yakka xo’jalikka ega bo’lib, erdan foydalanganliklari uchun hosilning bir qismini to’lashlari hamda unga tekin ishlab berish­lari lozim bo’lgan. Feodal jamiyat rivojlanib borishi bilan dehqon­larning feodallarga qaramligi davlatning majburiy choralari bi­lan yanada ortgan: bunda dehqonlar erga “biriktirib qo’yilar” va ular o’z xo’jaliklarini tashlab ketish huquqiga ega bo’lmaganlar. Ijtimoiy tengsizlik qonun yo’li bilan mustahkamlab qo’yilgan. Davlat hokimiyati sinfiy bo’lib, u to’la-to’kis feodallar ixtiyorida bo’lgan. Davlat hukmron sinfning diktatura (zo’ravonlik) quroli bo’lib, uning mulkdor sifatidagi manfaatlarini himoya qilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin