Konvergentsiya nazariyasi. Ushbu nazariya davlatning istiqboldagi rivojini bashorat qiluvchi nazariyalardan biri sifatida XX asrning 50-60-yillarida yuzaga kelgan (D.Gelbreyt, R.Aron, P.Sorokin). Ma’lumki, XX asrning o’rtalarida jahon miqyosida ikki tizim, ya’ni AQSh, Angliya va boshqalarni o’z ichiga olgan kapitalistik lager bilan sobiq Sovet Ittifoqi boshchiligidagi sotsialistik lager shakllangan. Mazkur nazariya vakillarining fikricha, har ikkala lagerning ham ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Shu sababdan kelajakda davlatlarning mohiyati yuqoridagi davlatlarning ijobiy jihatlarini o’zida mujassamlashtirishi lozim.
Mazkur nazariya mualliflarining fikricha, mavjud davlatlar ijobiy jihatlarining uyg’unlashib borishi barobarida ma’lum vaqtdan keyin ular o’rtasida o’zaro farqlar yo’qola borib, yagona tipdagi “postindustrial davlatlar” – “umumiy farovonlik” davlatlari yuzaga keladi.
Tarixiy-materialistik nazariya.Ushbu nazariya davlatning mohiyati to’g’risidagi ta’limotlar tizimida alohida o’rin egallaydi. U davlatning mavjudligi va taraqqiyotining ko’pgina jihatlarini tahlil etadi. Ushbu nazariyaning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g’oyalari yotadi (K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin).
Shuningdek, davlatga iqtisodiy hukmron sinf hokimiyatining quroli sifatida qaraladi. Uning xususiyatlari eng avvalo, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi shu jamiyat iqtisodiyoti bilan belgilanadi. Maqsad – sotsialistik, so’ng esa, kommunistik jamiyatni qurish, oxir-oqibat taqdiri esa, kommunistik jamiyat barpo etila borishi bilan davlatning barham topishiga erishishdan iborat.
Hokimiyat deganda, umumiy ma’noda muayyan sub’ektning (individ, jamoa, tashkilot) boshqa sub’ekt (individ, jamoa, tashkilot) irodasini va yurish turishini shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yuzasidan bo’ysundirishi tushuniladi.
Muayyan hodisa sifatida hokimiyat quyidagi belgilarga ega: