Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


JAMIYAT RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə13/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

3. JAMIYAT RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji, mulkiy va ijtimoiy tengsizlik (shu jumladan, sinfiy farqlanishlar ham) shubhasiz ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi va urug’-qabilachi­lik hokimiyatining davlatga aylanishida birinchi darajali ahami­yatga ega bo’lgan. Biroq davlatning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlari faqat shu omillar bilangina cheklanmaydi. Urug’chilik jamoasining alohida oilalarga bo’linib ketishi, aholining hu­dudiy joylashuvga o’ta borishi, urushlarning tez-tez sodir bo’lib turishi, qabilalar harbiy tashkilotlarning kuchayishi, din ta’sirini ham ular qatoriga kiritish lozim4. Shuningdek, jamiyatning rivojlanishiga tabiiy omillar, ya’ni iqlim sharoitlari, aholining dengiz va boshqa suv havzalari yaqinida joylashganligi yoki o’rmon va cho’l hududlarida istiqomat qilishi kabilar ham ta’sir o’tkazgan.



4. DAVLATGACHA BO’LGAN JAMIYATLARDA: IJTIMOIY NORMALAR VA IJTIMOIY HOKIMIYAT



Ijtimoiy hokimiyat va boshqaruv jihatidan ibtidoiy jamiyatning quyidagi xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin:

  • ibtidoiy jamoa tuzumida kishilarning urug’ yoki qabilaga mansubligi ularning qon-qarindoshligiga qarab aniqlangan;

  • ijtimoiy hokimiyat to’laligicha jamiyatning o’ziga tegishli bo’lgan, bunda urug’ uchun eng muhim bo’lgan masalalar yuzasidan boshqaruv qarorlari urug’ a’zolarining umumiy yig’inida qabul qilingan. Boshqaruv ishlarida urug’ning barcha katta yoshli a’zolari – er­kaklar ham, ayollar ham teng ishtirok etganlar;

  • ibtidoiy jamoa tuzumida davlat organlari, armiya, turma va boshqa muassasalar mavjud bo’lmagan. Ijtimoiy boshqaruv urug’ oqsoqollari, sarkardalar, umumiy yig’in doirasida amalga oshirilgan;

  • ijtimoiy faoliyat ustidan operativ rahbarlikni jamoa tomonidan saylangan urug’ oqsoqoli amalga oshirgan. Favqulodda muhim ishlarni hal qilish uchun oqsoqollar, boshliqlar kengashi chaqirilgan. Oqsoqollar va boshliqlar hokimiyati urug’ning keksa a’zolarining mutloq obro’si, chuqur hurmat-e’tibori, tajribasi va aql-zakovatiga asoslangan;

  • urf-odatlar ibtidoiy jamoa hayotiy faoliyatining qat’iy tar­tibga bo’ysunishini ta’minlagan. Urf-odatlar avloddan-avlodga o’tib borgan. Mutlaq taqiqlar (tabu), axloq, miflar, marosimiy harakatlar, shuningdek, taqlid namunalari bo’lmish afsonalar urf-odatlar sirasiga kirgan;

  • ijtimoiy normalarga amal qilish asosan ko’nikmalar va ixtiyoriylik asosida bo’lib, uni buzgan shaxslarga jamoatchilik ta’siri va boshqa turdagi jazolar qo’llanilgan (masalan, urug’ - qabiladan haydash).


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin