Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


DAVLAT VA HUQUQNING VUJUDGA KELISHI TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə15/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

6. DAVLAT VA HUQUQNING VUJUDGA KELISHI TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR

Ibtidoiy jamiyat doirasida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va ijtimoiy tengsizlik o’zaro bog’liq jarayonlar sifatida birgalikda rivojlangan bo’lsada, ularning biri u yoki bu mamlakatda davlatning vujudga kelishida ustun omil bo’lib xizmat qilgan. Shundan kelib chiqib, tegishli adabiyotlarda davlat kelib chiqishining “Osiyocha” va “Evropacha” yo’llari xaqida so’z boradi.


Osiyocha” yo’l. Osiyoda dastlabki davlatlar bundan besh ming yillar oldin Nil, Tigr, Hind, Ganga, Yantszi, Evfrat kabi yirik daryolarning havzalarida yuzaga kelgan.
Ushbu hududlarda davlat vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:

  • sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida yirik irrigatsion tarmoqlarni tashkil etish yuzasidan ommaviy ishlarni yo’lga qo’yishning zarurati;

  • mazkur ishlarga aholini keng miqyosda jalb etish;

  • irrigatsion ishlarga jalb etilgan kishilar ustidan yagona va markazlashgan rahbarlikni amalga oshirishning zarurati va b;

Evropacha” yo’l. Evropada davlatlarning vujudga kelishida asosiy omil bo’lib xususiy mulkning shakllanishi munosabati bilan jamiyatda mulkiy tengsizlikning va shu asosda turli xil sinflarning yuzaga kelishi xizmat qilgan.
Shu bilan birga, turli xalqlarda davlatning yuzaga kelishida yuqoridagi omillar bilan bir qatorda boshqa omillar ham muhim o’rin tutgan. Tegishli adabiyotlarda davlatlarning kelib chiqishi quyida ko’rsatib o’tiladigan turli xil nazariyalar doirasida tadqiq etiladi:
Diniy (teologik) nazariya. Ushbu nazariya vakillarining (islom mafkurasi, Foma Akvinskiy (XIII asr) va hozirgi kun katolik cherkovi vakillaridan Jan Mariten va boshqalar) fikricha, butun olam, shu jumladan, davlat va huquqning kelib chiqishi ham xudoning irodasi bilan bog’liq. Podsho va din vakillari xudoning irodasini ifodalovchilardir. Shuning uchun ham fuqarolar ularning amriga so’zsiz bo’ysunishlari lozim bo’ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin