Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Davlat va huquq nazariyasining predmeti -



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Davlat va huquq nazariyasining predmeti - davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda bo’lishi (faoliyat ko’rsatishi) va istiqboli to’g’risidagi eng umumiy qonuniyatlarni o’rganadi.

Uning predmetiga faqat amaldagi davlat, huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarning eng umumiy jihatlarigina emas, balki bular haqidagi tasavvurlar ham kiradi.


“Davlat va huquq nazariyasi” fani davlat va huquq haqidagi qarashlar, g’oyalar, fikrlar va bilimlar tizimi bo’lib, barcha davlat-huquq hodisalariga tegishli bo’lgan umumiy qonuniyatlarni o’rganadi, davlat va huquqni yaxlit institut sifatida ko’rib chiqadi.


Davlat va huquq nazariyasi fanining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar bilan izohlanadi:

  • davlat va huquq nazariyasi-ijtimoiy fan (uning o’rganadigan sohasi muhim ijtimoiy hodisalar bo’lmish davlat va huquqdir);

  • davlat va huquq nazariyasi - nazariy fan (u davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi);

  • davlat va huquq nazariyasi - falsafiy xususiyatga ega bo’lgan fan;

  • davlat va huquq nazariyasi - metodologik fan (huquqshunoslik fanining barcha sohalarini umumiy huquqiy metodologiya bilan qurollantiradi);

  • davlat va huquq nazariyasi - amaliyotga yo’naltirilgan fan;

  • davlat va huquq nazariyasi - o’quv - tarbiyaviy ahamiyatga molik fan.

Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida asosiy rolni umumiy tushunchalar bajaradi. Ushbu tushunchalar kategoriyalar deb yuritilib, bular qatoriga “davlat”, “davlat mohiyati”, “davlat shakli”, “davlat tipi”, “davlatning funktsiyalari”, “davlat mexanizmi”, “huquqning mohiyati», “huquq shakli”, “huquqiy munosabatlar”, “huquq tizimi” va hokazolarni kiritish mumkin.


Davlat va huquq hodisalari o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, ular bir birini ifoda etadi. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasining barcha institutlari birgalikda o’rganiladi, ular uzviy bog’liqlikda ko’rib chiqiladi, Ta’kidlash joizki, davlat va huquq hodisalari alohida – alohida soha bo’lmasdan, balki u yagona fan hisoblanadi va nisbatan mustaqil bo’lgan ikkita qismga, ya’ni davlat nazariyasi va huquq nazariyasiga ajratiladi.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarining barchasini o’rganmaydi, u faqat umumiy va asosiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Davlat va huquq nazariyasi - davlat va huquqda o’z ifodasini topgan jamiyat rivojining ob’ektiv qonunlarini, ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, ijtimoiy munosabatlarni davlat huquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning rivojlanish tendentsiyasini tartibga solishning butun bir mexanizmini ko’rsatib beradi.
Boshqa ijtimoiy fanlar kabi davlat va huquq nazariyasining predmeti ham o’zgarmasdan qolmaydi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin