Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Sotsiologiya fani bilan bog’liqligi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə8/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Sotsiologiya fani bilan bog’liqligi. Sotsiologiya fani jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi, jamiyat azolarining huquqqa munosabatini, ularning davlat va huquq to’g’risidagi mulohazalarini o’rganuvchi fandir. Mazkur fan davlat va huquq nazariyasi fani uchun tegishli ma’lumot va xulosalarni beradi. O’z navbatida, davlat va huquq nazariyasi fani ushbu ma’lumot va xulosalarni umumlashtirib nazariy-ilmiy taklif va fikrlarni beradi.
Siyosatshunoslik fani bilan bog’liqligi. Siyosatshunoslik siyosatni, siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyatini, davlat va shaxsning siyosiy-huquqiy munosabatlarini o’rganadi. Har ikkala fanning ham o’rganish ob’ekti jamiyatni boshqarish bilan bog’liq masalalar hisoblanadi.


3. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI-YURIDIK FANLAR TIZIMIDA

Davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fanlar bilan uzviy bog’liq va u bevosita o’z predmeti bilan ulardan ajralib turadi.


Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasining boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi aynan shundan kelib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy huquqiy fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushuncha va qoidalarini ishlab chiqadi, masalan, jamiyat, davlat, huquq, davlat mexanizmi, davlat organi, demokratiya, qonunchilik, huquqiy ong, huquqiy tartibot, huquqbuzarlik, yuridik javobgarlik, huquqiy munosabatlar va b.

U metodologik fan sifatida boshqa yuridik fanlar uchun xususiy yuridik metodlar (uslublar)ni va rahbariy printsiplarni ishlab chiqadi.
Davlat va huquq to’g’risidagi asosiy va umumnazariy bilimlarni egallamasdan turib, boshqa yuridik fanlar muammolarini o’rganish murakkabdir. Tarmoq va maxsus yuridik fanlar davlat va huquq nazariyasining xulosalariga asoslanadi. Demak, davlat va huquq nazariyasi boshqa barcha yuridik fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda bo’lib, ular bir-birlarini boyitadi va to’ldiradi.
Xar bir huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o’ziga xos yondashadi, ularning har biri o’zining predmetiga ega.

Yuridik fanlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (tasniflanadi):




  1. Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin