Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
“Davlat va huquq tarixi va nazariyasi ” bakalavriaturaning I-II-semestrida o’qitiladigan fan hisoblanib, yuridik fanlar tizimida o’ziga xos umummetodologik va fundamental ahamiyatga ega. Shuningdek, mazkur fan davlat va huquq hodisalarini o’rganuvchi falsafa, tarix, sotsiologiya, politologiya kabi boshqa bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham chambarchas bog’liq.
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni.
O’zbekiston davlati va huquqi tarixi.
O’zbekiston davlati va huquqi tarixiy-huquqiy fan sifatida. “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi” fanining maksadi va vazifalari. Fanning ilmiy-nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyati. “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi” fanining predmeti uning huquqshunoslik fanlar tizimidagi o’rni. “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi” fanining davlat mustaqilligi va siyosiy-huquqiy institutlar tizimini shakllantirishdagi o’rni. “O’zbekiston davlati va huquqi tarixi”ni davrlarga bo’lish muammolari. Fanni o’rganish manbalari.
Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi. O’rta asrlarda Movarounnahrda davlat va huquq. (13 asrgacha). Musulmon huquqining asosiy xususiyatlari, ahamiyati va manbalari.
Temur va temuriylar imperiyasida davlat va huquq. (14-15 asr). Shayboniylar dinastiyasi xukmronligi davrida Movoraunnaxr va Xuroson hududida davlat va huquq. Xonliklarning tashkil topishi. (15-19 asrning 1 yarmi).
Chor Rossiyasi xukmronligi davrida Turkistonda davlat va huquq (1917-1924 yillar). O’zbekistonning 1920-1980 yillardagi davlati va huquqi.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi O’zbekiston davlati va huquqi.
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Fanning predmeti va metodologiyasi. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining yuridik fanlar tizimida tutgan o’rni. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini o’rganishga yangicha yondashuvlar: formatsiyaviy, tsvilizatsion. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining umuminsoniy va umumdemokratik qadriyatlarni namoyon qilishda tutgan o’rni. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini davrlarga bo’lish muammolari.
Qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixi. Davlat va huquqning kelib chiqishi. Qadimgi Sharq davlatlari (qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari). Qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari huquqi. Antik davlatlar (yunon-rim antik tsvilizatsiyasi). Yunon-Rim Antik tsivilizatsiyalari huquqi. Rim xususiy huquqi tushunchasi, uning ahamiyati va umumiy (ommaviy) huquqdan farqi. Rim xususiy huquqining rivojlanishi va ularning qo’llanilishida ishtirok etuvchi davlat organlari.
O’rta asrlar davlati va huquqi tarixi. G’arbiy va Markaziy Evropa davlatlari (romana-german feodal-katolik va vizantiya provaslav tsivilizatsiyalari). G’arbiy va Markaziy Evropa mamlakatlarida huquq. O’rta asrlarda Sharq davlatlari (o’rta asr Osiyo tsivilizatsiyasi). O’rta asrlarda Rossiya davlati. O’rta asrlarda Sharq mamlakatlari huquqi.
Yangi davr davlati va huquqi (XVIII-XIX asrlar). Davlat tarixi. Evropa davlatlari. Amerika davlatlari. Evroosiyo va Osiyo davlatlari. Yangi davr huquqi tarixi.
Eng yangi davr davlati tarixi (XX asr). G’arbiy Evropa davlatlari. Markaziy va janubiy-Sharqiy Evropa davlatlari. Amerika davlatlari. AQSh. Osiyo davlatlari.
Eng yangi davr (XX asr) huquqi tarixi. Huquqning rivojlanishidagi yangi tendentsiyalar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin