So'z boshi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
rim huquqi (1)



 
Namangan  
Davlat Universiteti
 
 
O.Ernazarov, M.X.Jiyanov
 
RIM HUQUQI
 
 
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'quv-
uslubiy kengashining qarori bilan huquqshunoslik institutlari va 
fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
 
 
Elektron darslik
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


SO'Z BOSHI
 
Namangan Davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti 
«Konstitusiyaviy huquq» kafedrasi tomonidan taqdim etilayotgan «Rim 
huquqi» o'quv darsligi XX asr muqaddam Rim quldorchiliq davlaganing 
mahsuli bo'lgan, barcha mavjud bo'lgan huquqlarning reseptini belgilab, 
jahon tarixining bir elementi hamda huquqiy madaniyati yodgorligi sifatida 
o'z o'rnini qoldirgan, burjuaziya fuqarolik va savdo huquqlarining vujudga 
kelishi uchun asos bo'lgan jahon madaniyatining buyuk ma'naviy huquqiy 
xazinalaridan biri - Rim huquqi haqidadir.
 
Bu fan o'quv rejalari asosida «Rim huquqi», «Rim fuqarolik huquqi asoslari» 
yoki «Rim xususiy huquqi» deb atalsa-da, uning mazmun va mohiyati 
o'zgarib qolmaydi, chunki qadimgi Rim quldorchilik davlatining birdan-bir 
huquqi fuqarolik xuquqi hisoblangan, hatto dastlabki paytlarda jinoiy jazo 
bilan bog'liq harakatlar ham fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida tartibga 
solingan.
 
«Rim xususiy xukuqi» deb atalishiga sabab, bu fuqarolik huquqi 
tomonidan xususiy munosabatlar, ya'niy natural daraxatlar, asosan 
«muqaddas mulk» hisoblangan xususiy mulkka asoslanganligi hamda bu 
munosabatlar ko'proq xususiy shaxslar ya'ni jismoniy shaxslar va yuridik 
shaxslar bilan bog'liq bo'lgan holda mavjud bo'lganligidan kelib chiqqan.
 
Rim huquqi insoniyat tarixida huquq rivojining eng yuqori darajasini 
aks ettirib, hukuqiy madaniyat elementlaridan biri, ya'ni Rim 
yurisprudensiyasini tashkil etgan.
 
O'tmishdagi voqea-hodisalar va huquqiy asarlarni o'rganish, ulardan 
maqsadga muvofiq ravishda foydalanish O'zbekistonda insonparvar, 
huquqiy-demokratik, fuqarolik jamiyatini kurishda, ayniqsa qonunlarni ishlab 
chiqishda, ularni turmushga tatbiq etishda o'z samarasini berishi turgan gap.
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, 
«O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni 
hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan 
judo bo'lish - hayotdan judo bo'lish demakdir»....
 
Rim huquqini o'rganish har bir malakali yurist uchun eng dastlabki 
zaruriyatlardan biridir.
 
Ushbu o'quv darsligi talabalarga Rim huquqining kelib chiqishi, uning 
predmeti, manbalari, shaxslar, oilaviy huquqiy munosabatlar, mulk huquqi, 


meros huquqi, majburiyatlar va shartnomalarning alohida turlari bilan 
tanishishga yaqindan yordam beradi.
 
Ushbu darslik o'zbek tilida biirnchi marotaba chop etilayotganligi bois 
muallif kamchilik va nuqsonlarga oid fikr, mulohazalarini bildirgan barcha 
o'quvchilarga oldingan o'z minnatdorchiligini izxor qiladi. Bildirilgan fikr, 
mulohazalar kelajakda darslikning yanada mukammalashuviga 
ko'maklashadi, deb umid qiladi.
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin