manbalarni boyitganlar hamda bu hujjatlar manbalar sifatida nashriyotlardan
chiqarilgan.
Misr davlati tomonidan topilgan papiruslar muhim ahamiyatga ega bo'lib,
ularda yer bilan bog'liq bo'lgan mulk, yer, mehnat, hunarmandchilik jamoalariga
taalluqli bo'lgan munosabatlar ifodalangan. Yunon va Rim huquqining
qo'shilishida yoki birlashishida shartnomaviy huquqiy munosabatlarning keng
qo'llanilganligi va bu munosabatlarning barcha huquq sohalariga taalluqliligining
hamda shunga asosan tarix fanining manbashunoslik sohasini vujudga keltirishligi
va hozirgi zamon tarixchilari tomonidan papirologiya fanini o'rganishliklari Rim
huquqining manbalarini yanada boyitgan.
Rim fuqarolik huquqi asoslarining manbalarini yurist Gay o'z Institusiyasida
quyidagi turlarga bo'lgan:
Qonunlar, senatuskonsultlar, imperatorlar konstitu-siyalari, magistratlar
ediktlari, yuristlarning yozma javoblari (yoki yuristlar faoliyati) kabi qismlarga
bo'lingan. Lekin qadimgi Rim quldorlik jamiyatining eng birinchi manbalari odat
normalari yoki odat huquqlari bo'lib hisoblangan[1].
Qadimgi Rim jamoasining eng asosiy manbalaridan biri bu odat normalari,
turmush qoidalari, an'analari hisoblanib, dastlabki paytda ular to'liq diniy
munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan.
Yustinian Institusiyasida ko'rsatilganidek, Rim huquqida manbalar og'zaki
yoki yozma shakllarda mavjud bo'lgan.
Og'zaki shakllardagi manbalarga odat normalari kiritilgan bo'lib, ular
qonunlar, ya'ni yozma shakldagi qoidalarning zaruriyati talab qilinmagan vaqtda
amalda bo'lgan va majburiy xarakterga ega bo'lgan og'zaki qoidalar bo'lib
hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: