Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Cheklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion)



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə34/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. Cheklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion). Bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan muayyan darajada cheklangan va monarxning huquqiy maqomi konstitutsiya bilan chegaralab qo’yilgan bo’ladi. Uning quyidagi turlari mavjud:
Parlamentar monarxiya mamlakatlari (hozirgi Buyuk Britaniya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya)da qirol davlat boshlig’i vazifasini o’tasada, mamlakatni to’la ma’noda boshqara olmaydi. Parlamentar monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: a) monarx hokimiyati deyarli barcha sohalar bo’yicha cheklangan bo’ladi; b) ijro hokimiyati xukumat tomonidan amalga oshiriladi, xukumat o’z navbatida konstitutsiyaga ko’ra monarx oldida emas, balki parlament oldida javobgar bo’ladi; v) xukumat parlamentga bo’lgan saylovlarda g’olib chiqqan partiyalar vakillari orasidan shakllantiriladi; g) xukumat boshlig’i lavozimiga parlamentda ko’pchilik deputatlik o’rniga ega bo’lgan partiya rahbari tayinlanadi; d) qonunlarni parlament qabul qiladi, monarxning qonunlarni imzolashi esa formal xarakterga ega bo’ladi.
Konstitutsiyaviy monarxiya davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda monarxning hokimiyati konstitutsiya bo’yicha vakillik organi tomonidan chegaralangan bo’ladi. Konstitutsiyaviy monarxiya o’rta asrlarda Evropada ro’y bergan burjua inqiloblari natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi kunda Daniya, Belgiya, Ispaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi konstitutsiyaviy monarxiya shaklida tashkil etilgan. Davlat boshqaruvining bunday shaklida demokratik siyosiy rejim mavjud bo’lishi mumkin.
3. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni monarx ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, o’zi oldida javobgar bo’lgan xukumatni tashkil etadi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli bo’ladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). Shu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutloq veto qo’yish huquqiga ega.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin