Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Hokimiyat bo’linishi printsipi mazmunini tavsiflochi quyi­dagi jihatlarni ko’rsatib o’tish mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə42/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Hokimiyat bo’linishi printsipi mazmunini tavsiflochi quyi­dagi jihatlarni ko’rsatib o’tish mumkin:

  • demokratik davlatlarda hokimiyat­ning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o’zaro yagona davlat mexanizmi bilan chambarchas bog’lanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir;

  • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funktsiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari o’rtasida hokimiyatlar­ning muayyan nisbati mavjud bo’ladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi.

Hokimiyatlar bo’linishi printsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir – biriga bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi (ular bilan bir qatorda ba’zan ta’sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu printsipning vazifasi davlat hokimiyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to’liq bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishi demokratiya va inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug’diradi, avtoritar tuzum o’rnatilishiga olib keladi.
Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi frantsuz mutafakkiri Sh.L.Monteskening “Qonunlar ruhi haqida” asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir biriga tobe bo’lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo’lishi shart. Ularning har qanday ko’rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo’lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur etkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo’lda birlashtirilishi qonunning ustun bo’lishiga zarar etkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg’ul bo’lmay, qonun yaratish ishi bilan shug’ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin5.
Hokimiyatlar bo’linishi printsipi ilk bor 1787 yilgi AQSh Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Ushbu printsipga ko’ra hokimiyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari o’rtasida taqsimlanadi, balki “o’zaro muvozanat va cheklovlar tizimi” orqali ular bir – birini nazorat qiladilar. Hokimiyatlar bo’linishi tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanadi”.
Hokimiyatlar taqsimlanishi printsipini O’zbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinlarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. Hokimiyatlarning taqsimlanishi printsipi hokimiyatning sui’stemol qilinishidan, byurokratizmdan va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini beradi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin