Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə38/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

5. SIYOSIY REJIM


Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo’llaniladigan usul, uslub va vositalar yig’indisidir.
Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o’zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo’yicha amalda qanday rol o’ynaydilar, degan savollarga javob beradi.
Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko’p asrlik tarixida ma’lum bo’lgan siyosiy rejimning bir qator turlarini ajratib ko’rsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil ko’rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo’linadi.
Demokratik rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos:

  • iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi;

  • davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi;

  • jamiyat hayotiga oid bo’lgan eng muhim masalalar yuzasidan qarorlarning ko’pchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal darajada e’tiborga olingan holda qabul qilinishi;

  • shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi;

  • shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suiste’mol qilishliklaridan himoyalanganligi;

  • oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va ular faoliyatining tsenzuradan xoli ekanligi;

  • barcha davlat organlari faoliyatining huquqiylik tamoyiliga asoslanishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar.

Demokratik rejimning quyidagi turlari mavjud: ­­sotsial - demokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi va boshqalar); liberal - demokratik (erkinlik, birodarlik, tenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning ta’minlanishi bilan birga, davlatning iqtisodiyotga ta’siri minimal darajada bo’ladi va boshqalar)
Nodemokratik siyosiy rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos:

  • ijtimoiy hayotning barcha sohalari ustidan davlatning to’la nazorati o’rnatilganligi;

  • fuqarolar huquq va erkinliklarining amalda tadbiq etilmasligi va etarli darajada kafolatlanmaganligi;

  • yagona partiya diktaturasining o’rnatilganligi;

  • hokimiyatning qat’iy markazlashganligi hamda davlat boshlig’i shaxsining haddan tashqari ulug’lanishi;

  • jamoat tashkilotlari faoliyatining davlat tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi;

  • davlat hokimiyatini amalga oshirishda huquqiylik tamoyiliga amal qilinmasligi;

  • fuqarolar va ijtimoiy-siyosiy kuchlarning rasmiy mafkuraga mos kelmaydigan diniy, siyosiy va boshka qarashlar uchun ta’qib ostiga olinishi;

  • ommaviy axborot vositalari ustidan to’la nazoratning o’rnatilishi, tsenzuraning mavjudligi va boshqalar.

Nodemokratik rejimning totalitar, fashi­stik va avtokratik kabi turlari mavjud. Avtokratik rejimga jamoa avtokratiyasi va yagona shaxs avtokratiyasi kiradi. Jamoa avtokratiyasi o’z navbatida aristokratiya va oligar­xiya, deb nom olgan boshqaruv shakllariga bo’linadi. Yagona shaxs avtokratiyasi despotiya, mustabidlik, shaxsiy hokimiyat shakllariga ega. Yuqoridagilar bilan birga, tegishli adabiyotlarda nodemokratik rejimning fashistik, harbiy xunta, irqchilik shakllari ham ko’rsatib o’tiladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin