Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


-mavzu. IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA HUQUQ



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə46/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

7-mavzu. IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA HUQUQ


Mavzuning asosiy yo’nalishlari
Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi.
Ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning ob’ektiv zaruriyati.
Ijtimoiy normalar tizimi: urf-odat, diniy, axloqiy normalar, jamoat tashkilotlari qoidalari va boshqa ijtimoiy normalar.
Ijtimoiy normalarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari.
Huquq-ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida.
Huquq tushunchasi, belgilari, mohiyati va printsiplari.
Huquqning funktsiyalari.
Huquqning mohiyati haqidagi nazariyalar: tabiiy-huquq, normativ, psixologik, tarixiy-huquq, sinfiy va islom huquq doktrinasi.
Huquqni tushunishga zamonaviy yondashuvlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida huquqning ijtimoiy mohiyati haqidagi g’oyalarning ifodalanishi.


1. IJTIMOIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI

Ma’lumki, jamiyat – bu kishilar o’rtasidagi o’zaro harakatlarning mahsuli, ular hayotining ma’lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari o’rtasidagi turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma’naviy, sinfiy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig’indisidir. Ijtimoiy munosabatlar deganda jamiyatda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yo’naltirilgan aloqalar tushuniladi.


Ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar.


2. IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING OB’EKTIV ZARURIYATI

Har qanday jamiyatda uning a’zolari munosabatla­rini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy sharti­dir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo’nalishlar berish, uni muayyan bir qo­lipga tushirish, aniq maqsadni ko’zlagan holda tartibga solib bo­rish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko’rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo’lib, bunda normalar (qoidalar) jamiyatning barcha a’zolariga yohud uning muayyan qismiga tegishli bo’ladi. Shu o’rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo’lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o’zgarishlarini, tub burilishlarini boshlab ber­ganligini alohida ta’kidlash joiz.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin