Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


O’zbekiston Respublikasi davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə39/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

6. O’zbekiston Respublikasi davlat shaklining o’ziga xos xususiyatlari

O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi jihatidan unitar respublikadir. Shu bilan birga, O’zbekistonda davlat tuzilishda federalizmning ayrim xususiyatlari ham mavjud. Chunki, uning tarkibiga ma’muriy-hududiy birliklar, shuningdek, suveren davlat huquqiga ega bo’lgan milliy-hududiy tuzilma bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 bobi Qoraqalpog’iston Respublikasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini belgilab bergan.


O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy jihatdan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan tashkil topgan.
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • O’zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi bo’yicha yaxlit birlikni tashkil qiladi;

  • qonunchilik tizimi butun O’zbekiston uchun taalluqli bo’lib, u O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi asosida amal qiladi;

  • sud hokimiyati va prokuratura organlari tizimi butun O’zbekiston hududida yagonadir;

  • O’zbekistonda tashqi siyosatni O’zbekiston xalqining manfaatini ko’zlab va uning nomidan faqat u saylab qo’ygan Oliy Majlis va O’zbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshiradi;

  • O’zbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va Respublika Qurolli Kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari markazlashtirilgan holda tashkil etilgan;

  • butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan.

O’zbekiston Respublikasining boshqaruv shakli. O’zbekistonning respublika shaklida boshqariladigan davlat ekanligini tavsiflovchi asosiy belgi va xususiyatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o’zining teran ifodasini topgan. Jumladan, Asosiy Qonunning 11-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsipiga asoslanadi.
Konstitutsiyamizning 76-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va u davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin