3. Huquq va axloq ifoda etish shakliga ko’ra farq qiladi. Agar huquq normalari davlatning maxsus yuridik hujjatlari (qonunlar, farmonlar, qarorlar)da mustahkamlanib, umuman keng ko’lamli va keng tarmoqli qonunchilikni tashkil etuvchi tegishli kodekslar, to’plamlar, nizomlarda guruhlarga ajratilib, tartibga solinsa, axloqiy normalar esa bunday aniq ifodaga ega bo’lmaydi. Axloq normalari va qoidalari jamiyat turli qatlamlari va guruhlarida muayyan ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga kelar ekan, keyinchalik keng tarqaladi hamda barqaror xulq-atvor qoidalarga aylanadi. Bunda biron-bir axloq normasining yuzaga kelish vaqtini ham, sababini ham, tartibini ham, uning amal qilish muddatini ham aniq ko’rsatish mumkin emas.
4. Axloq va huquq kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Agar huquq sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ularning yuridik huquq va majburiyatlari – haqqoniylik va nohaqlik, qonuniylik va g’ayriqonuniylik, jazolanish va jazolanmaslik nuqtai nazaridan tartibga soladigan bo’lsa, axloq inson qilmishlariga ezgulik va yovuzlik, maqtov va qoralash, halollik va nopoklik, oliyjanoblik va pastkashlik, vijdon, or-nomus, burch nuqtai nazaridan yondashadi.
5. Huquq va axloq ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Huquqbuzarlik harakatlari oddiy javobgarlikni keltirib chiqaribgina qolmay, balki maxsus-yuridik javobgarlikni ham yuzaga keltiradi. Ayni paytda jazo tayinlash tartibi qonun bilan qat’iy belgilab qo’yiladi. Axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mutlaqo boshqa oqibatlarga olib keladi. Bu erda aniq bir jazo chorasi ko’zda tutilmaydi. Beriladigan jazo qoidabuzarni axloqiy qoralash, unga tanbeh berish, jamoatchilik ta’siri choralarini qo’llashda ifodalnadi.
6. Huquq va axloq amal qilish sohalari bo’yicha farq qiladi. Axloqiy makon huquqiy makondan ancha kengdir. Ma’lumki, huquq ijtimoiy hayotning ko’p qirralarini chetda qoldirib, uning eng muhim sohalarinigina tartibga solib boradi. Huquqdan farqli o’laroq, axloq jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |