Jamiyatning kishilar o’rtasidagi vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iborat. Ushbu tizim o’z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o’zaro ta’sirli aloqada bo’lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. Shunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir.
Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo’lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo’ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq, shunga qaramay ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ushbu ob’ektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham o’z boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni umummajburiy xulq-atvor, yurish-turish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi.
6. HUQUQ TUSHUNCHASI, BELGILARI, MOHIYATI VA PRINSIPLARI
Huquq tushunchasi (yuridik ma’noda)- bu davlat tomonidan o’rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, o’zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, bajarilishi umummajburiy bo’lgan yurish - turish qoidalari yig’indisi.
Huquqning mohiyatideganda uning mazmuni va maqsadi tushuniladi. Huquqning mazmuni va mohiyati uning asosiy va barqaror xususiyatlarini namoyon etadi. Shu bilan birga, huquqning mohiyatini belgilashda quyidagi ikkita jihat, ya’ni, har qanday huquq eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita vazifasini bajarishi hamda mazkur vosita kimning manfaatlariga xizmat qilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquqning mohiyati davlatning ijtmioiy-iqtisodiy tuzumi, siyosati, axloq, madaniyat va boshqa hodisalar bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. O’z mohiyatiga ko’ra huquq umumijtimoiy xarakterga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo’ladi: