Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə58/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy mafkura (ideologiya) - bu muayyan ijtimoiy guruhlarning, jamiyatning huquqiy qarashlari, g’oyalari, tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir. Huquqiy mafkura g’oyalar, kontseptsiyalar, huquqiy tamoyillar, huquqni rivojlantirish istiqbollarini baholash, huquqiy aktlarni qabul qilishning maqsadlari, vazifalari ko’rinishida namoyon bo’ladi.

2. HUQUQIY ONGNING TURLARI VA DARAJALARI



Huquqiy ongni sub’ektlariga ko’ra (individual huquqiy ong, guruhiy huquqiy ong, ijtimoiy huquqiy ong) tasniflash mumkin.
Individual huquqiy ong – bu har bir shaxs, alohida insonga xos huquqiy bilimlar, baholar, hissiyotlar va tuyg’ular majmui hisoblanadi. Har bir inson turli bilish qobiliyatlari, shaxsiyatining turli psi­xologik ko’rinishlari oqibatida amaldagi huquqni o’zicha qabul qiladi, uni baholaydi, qonuniy yoki qonunga zid ravishda xatti-harakat qi­lish istagini bildiradi. Individual huquqiy ong fuqarolar tomonidan yuridik ahami­yatga molik xatti-harakatlar sodir etilganda, huquq va erkinliklar amalga oshirilganda, qonuniy manfaatlar himoya qilinganda, turli ko’rinishdagi huquqiy hujjatlar tayyorlashda namoyon bo’ladi.
Alohida ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongi ko’p jihatdan moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqishda ishtirok eti­shiga, ushbu ne’matlarni taqsimlash va iste’mol qilish usullariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy qatlam va sinflarning ijtimoiy huquqiy ongi faol hayotda jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar tomonidan qabul qilinadigan murojaatnoma, dekla­ratsiya, dasturlarda, normativ-huquqiy hujjatlarda, ijtimoiy qatlam, sinf mafkura­chilarining ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarida, ommaviy axbo­rot vositalarida e’lon qilish orqali va boshqa shakllarda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy huquqiy ong – bu jamiyat yoki uning alohida ijti­moiy tabaqalari, sinflari tomonidan ilgari suriladigan huquqiy tasavvurlar, tamoyillar, tushunchalar, nazariyalar, hissiyotlar yig’indisidir. Hozirgi jamiyatning asosiy huquqiy tamoyillari sirasiga mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, ijodiy va boshqa faoliyat turlarining teng huquqliligi, insonparvarlik, erkinlik, qonun ustuvorligini tan olish kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin