Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQIY MADANIYAT: TUSHUNCHASI, TUZILISHI, DARAJALARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə60/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

4. HUQUQIY MADANIYAT: TUSHUNCHASI, TUZILISHI, DARAJALARI



Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir.
Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Shu bois, huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning huquqiy hayoti, uning huquqiy voqeligi, normativ – huquqiy hujjatlar, huquqiy ong rivojida erishilgan darajasini ifodalovchi ma’naviy – axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi hamda unga muvofiq tarzda qaror topadigan qonunga itoatgo’ylik va mamlakatda huquqiy – tartibot muhitini o’rnatish uchun ijtimoiy munosabat­larni tartibga solishning amalga oshirilishi tushuniladi.
Sub’ektiv tarkibiga ko’ra shaxs (individual), guruh, jamiyat huquqiy madaniyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Shaxc xuquqiy madaniyati huquqni hurmat qilish, huquqdan lozim darajada xabardorlikni nazarda tutadi. Huquqiy madaniyatga ega shaxc: 1) yuridik normalarni muayyan darajada bilishi; 2) ijobiy huquqiy ong egasi bo’lishi, ya’ni huquqni xurmat qilishi; 3) huquqni hurmat qilishga asoslangan xulq – atvor bilan tavsiflanadi.
Guruh huquqiy madaniyati ayrim ijtimoiy guruhlarga, xususan, professional yuristlarga xos. U mazkur guruhning huquqiy ongiga bog’liq. Unga jamiyatda e’tirof etilgan huquqiy qadriyatlar, ayrim shaxslarning huquqiy intilishlari bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati – bu jamiyat yaratgan ma’naviy qadriyatlarning tarkibiy qismidir. U o’z ichiga huquqiy muloqot va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy vositalaridan foydalanish bilan bog’liq xulq – atvor hamda harakatlarning barcha turlarini qamrab oladi. U ijtimoiy ong darajasi, qonunchilikning holati va xususiyati, mamlakatda mavjud huquqiy tartibotning mustahkamlik darajasi bilan belgilanadi. Jamiyatning huquqiy madaniyati aholining umumiy madaniy darajasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, aholi madaniyatining siyosiy, ma’naviy, estetik va boshqa turlari bilan o’zaro aloqador hamda inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarining to’liqligi, rivojlanganligi va ta’minlanganligi; qonuniylik va huquqiy tartibot holati; jamiyatda yuridik fan va yuridik ta’limning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi.
Yuqoridagilar bilan birga, sub’ektlarning huquqiy madaniyati saviyasiga (darajasiga) ko’ra uning odatdagi, professional (kasbiy), nazariy turlarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Odatdagi daraja huquqiy madaniyat kishilarning kundalik hayoti doirasi bilan chegaralanadi. Kishilar undan o’z kundalik faoliyatida sub’ektiv huquqlarni ro’yobga chiqarish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda foydalanadilar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin