Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquqni tushunishda normativlik nazariyasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə56/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqni tushunishda normativlik nazariyasi (G.Kelzen, R.Shtammler, P.Novgorodtsev XX asr). Ushbu yo’nalish bir qarashda huquq va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqidagi turli qarashlarni jamlaganday tuyuladi. Biroq sinchiklab qaralganda, ulardagi mu­ayyan birlik ham ko’zga tashlanadi. Normativlikning nazariy qoi­dalari R.Shtammler tomonidan uning “Xo’jalik va huquq” kitobida bayon qilingan. U o’z qarashlarida huquqning asosiy maqsadini odamlar ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo’lgan ijtimoiy hayotni tashqi tartibga solish sifatida ta’riflaydi. Jamiyatda o’zaro aloqada bo’lgan odamlarning birgalikdagi harakatlarini u ijtimoiy materiya yoki xo’jalik, deb ataydi. Huquq bilan xo’jalikning o’zaro nisbatini belgilar ekan, Shtammler, huquq “ijtimoiy hayot shakli va materiali munosabatini ifodalaydi”, deb yozadi.
Materialistik (sinfiy) huquq nazariyasi (K.Marks, F.Engels, V.Lenin XIX-XX asr). Ushbu nazariya marksizm-leninizm asoschilari va ularning izdoshlari asarlarida o’z ifodasini topgan. Materialistik nazariya asosida huquq - iqtisodiy xukmron sinf irodasining ifodasi va mustahkamlanishidir, degan g’oya yotadi. Mazkur ta’limot huquqning mohiyatini uning sinfiyligida va moddiy shart-sharoitga bog’liqlikda ko’radi.
Huquqning sotsiologik maktabi. Ushbu nazariya XX asr huquqshunosligining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Yuridik fanlar vazifasini amaldagi huquqni rasmiy mantiqiy o’rganishdan iborat, deb ko’rsatuvchi huquqiy pozitivizmdan farqli o’laroq, sotsiologik maktab diqqat-markazini “jonli huquq”, ya’ni huquqiy munosabatlar tizimini, huquq doirasidagi odamlar xulq-atvorini o’rganishga ko’chirish kerak, degan fikr tashkil qiladi. Erlix ushbu yo’nalishning asoschisi bo’lib, uning “Xuquq sotsiologiyasi” (1911 yil) kitobida mazkur yo’nalish asosiy g’oyalarining tartibli bayoni berilgan. Rossiyalik olim G.F.Shershenevich ham sotsiologik maktab vakilidir.
Huquqning tarixiy maktabi. Ushbu nazariya XIX asr yuridik fanidagi sezilarli darajada rivojlangan yo’nalish hisoblanadi. Huquqning tarixiy maktabi namoyandalari (G.Gugo, F.Savini, G.F.Puxta va b.) tabiiy huquq g’oyalariga qarshi chiqqanlar. Bunda urf-odat, an’analar huquqning muhim manbai, deb e’lon qilingan. Kodifikatsiya va boshqa “sun’iy” metodlar rad etilgan, huquq esa “xalq ruhi”ning izchil rivojlanishi natijasi sifatida ifodalangan, huquqning rivojlanishi tilning rivojlanishiga o’xshatilgan. Tarixiy maktab urf-odatlarni qonundan yuqori qo’yib, real mavjud huquqni qonunchilik yo’li bilan o’zgartirish mumkinligini inkor etadi, ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solish tizimida ushbu urf-odatlar ahamiyatini g’oyatda bo’rttirib yuboradi. Biroq, ushbu nazariyaning ijobiy tomonlarini ham ta’kidlamaslik adolatdan bo’lmaydi. Aytaylik, mazkur nazariyaga ko’ra, qonun chiqaruvchi o’zining sub’ektiv xohishi bo’yicha normalarni yarata olmaydi. Buning uchun u ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv ehtiyojlarini, alohida odamlar manfaatlarini bilishi va anglashi hamda ularni huquq normalarida to’g’ri ta’riflab berishi lozim bo’ladi.
Islom huquq doktrinasi. Teokratik islom davlati tomonidan umumiy huquq yoki bu darajada ruxsat beriladigan va qo’llab-quvvatlanadigan shaklda diniy shaklda ifodalovchi normalar tizimi sifatida islom huquqi VII-X asrlarda Arab xalifaligida ilk o’rta asrlar davrida shakllangan va u islom diniga asoslangan. Islom huquq doktrinasiga ko’ra huquq Alloh tomonidan belgilanadi. Ammo islom huquqining shakllanishida Qur’on oyatlarining Payg’ambar, sahobalar, ulamolar tomonidan talqin etilishi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Islom huquqshunoslari bo’lgan faqihlarning mehnatlari asrlar davomida mana shu ulkan mas’uliyatli ishga sarflangan. Ularning sa’y-harakatlari yangi huquqni yaratishga emas, balki Alloh tomonidan berilgan huquqni amalda foydalanishga moslashtirishga yo’naltirilgan.
Islom huquqini belgilovchi fiqh sohasi faqatgina Allohning insonlarga qo’ygan o’zaro huquqiy qonun-qoidalarini aks zttirish bilan cheklanib qolmay, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Davlatni o’rganish islom huquqshunoslik fanining bir qismi hisoblanmaydi. Fiqhning asosiy funktsiyasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari o’rtasidagi uzviy aloqalarni saqlab qolishdan iboratdir. Fiqh “Alloh taolo o’z payg’ambari Muhammad alayhissalom orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq” ma’nosini bildiradi. Boshqa ta’rifda: “Fiqh - shar’iy dalillardan far’iy hukmlar chiqarishdir” deyiladi. Ushbu ta’rifdagi “shar’iy dalil” Qur’oni Karim va Hadisi sharifdir. “Far’iy hukm” esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda far’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo’ladi. Har bir faqih olim hukm chikarishda asosan kuyidagi manbalarga tayanishi lozim: birinchisi - Kur’oni Karim. Agar faqih islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo’lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. Ikkinchisi – Muhammad payg’ambarning sunnatlaridir. Uchinchisi - Ijmo’ diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish darajasiga etgan ulamolarning yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir. Bu borada Muhammad payg’ambardan quyidagi hadis keltiriladi: “Hazrati Ali Rasulullohdan “Qur’oni Karim va Hadisi sharifda hukmi bo’lmagan biron ish sodir bo’lsa nima qilamiz?” deb so’raganlarida Payg’ambar quyidagicha javob bergan: “Mo’minlardan bo’lgan olimlarni to’plab, o’zaro maslahat qilinglar, bunday ishda bir kishining fikri bilan hukm chiqarmanglar”. To’rtinchisi - Qiyos. Ya’ni hukmi vorid bo’lmagan masalani Qur’on va hadisda shunga o’xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish. Keyinchalik ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilishni iloji bo’lmagan masalalar xususida ijmo’ - ya’ni ulamolar bir fikrga kelib harakat qila boshlaganlar. Shunday qilib, qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi vujudga kelgan. Natijada fiqh ikki narsani o’z ichiga qamrab olgan: inson va Alloh orasidagi munosabatlardan iborat ibodat va inson bilan inson orasidagi munosabatlardan iborat muomalot. Islomda huquqiy masalalar muomalot qismiga tegishli hisoblanadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin