Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Davlat va huquq nazariyasi.
Davlat va huquq nazariyasi fani predmetining o’ziga xos xususiyatlari.
Davlat-huquqiy hodisalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishi qonuniyatlari, fanning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi. Davlat va huquq nazariyasining yuridik fanlar tizimidagi o’rni. Davlat va huquq nazariyasi tomonidan davlat-huquqiy hodisalarni o’rganish metodlari va tamoyillari.
Jamiyat. Davlat. Huquq.
Jamiyat tushunchasi, jamiyat va davlatning farqlanishi. Davlat jamiyatning mavjud bo’lishining bir shakli sifatida, uning belgilari. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi sifatida huquqning paydo bo’lish sabablari. huquqning xarakterli xususiyatlari, uning ibtidoiy jamoadagi ijtimoiy normalardan farqi.Davlat va huquqni paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar.
Davlat nazariyasi.
Davlat tushunchasi, belgilari va mohiyati. Davlat tiplari tushunchasi. Davlat tipologiyasi. Davlat funktsiyalari tushunchasi. Davlat funktsiyasi va vazifasini o’zaro aloqasi. Davlat funktsiyalarini tasniflash. Turli tipli davlatlar funktsiyalarining umumiy va maxsus xususiyatlari. Davlatning shakllari tushunchasi, uning tarkibiy elementlari. Davlat shakllarining turlari. Davlat shakllarining rivojlanishi va o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar. Davlat boshqaruv shakllari: respublika (parlamentlik, prezidentlik va aralash) va monarxiya (mutloq, cheklangan). Davlatning tuzilish shakllari. Davlat tuzilishining unitar, federativ va konfederativ shakllari. Davlat tuzilish shakllarini o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Davlat mexanizmi: tushunchasi, tarkibiy qismlari. Davlat organlari tizimi: tushunchasi, tasniflanishi. hokimiyatlar bo’linishi printsipi: nazariya va amaliyot. Davlat hokimiyati organlari: yuqori, mahalliy. Davlat boshqaruv organlari. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi. Ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solish ob’ektiv zaruriyatdir. Ijtimoiy normalar tizimi. Odat, diniy, axloqiy, yuridik normalar, jamoat tashkilotlari qoidalari va boshqa ijtimoiy normalarning tartibga soluvchilik funktsiyalari.
Huquq nazariyasi.
Huquq-ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida. Huquq tushunchasi, mohiyati, belgilari, printsiplari, uning ta’rifi. Huquqning tartibga solishishi. Huquq va davlat o’zaro munosabatda. huquqiy munosabat tushunchasi, belgilari va turlari. Huquqiy munosabat-ijtimoiy munosabatning muhim turi sifatida. Huquqiy munosabat tarkibi: sub’ekt, ob’ekt, ob’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar. Huquq sub’ektlari tushunchasi va turlari. Huquqiy munosabat ob’ektlari: tushunchasi va turlari. Yuridik faktlar, huquqiy munosabatning paydo bo’lishi, o’zgarishi va tugatilishi asosi sifatida: tushunchasi va tasniflanishi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Huquqiy ong: tushunchasi, tarkibiy qismlari, tizimi. Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida. Huquqiy ongning tuzilishi. Huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura. Huquqiy ongning turlari va darajalari. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat.
Huquq shakllari(manbalari). Huquq shakllari (manbalari) tushunchasi. Huquq shakllarining turlari.
Huquq ijodkorligi. Huquq ijodkorligi – huquq yaratishning murakkab jarayoni sifatida. Huquq yaratish tushunchasi va metodlarini tasniflanishi. Huquq yaratish metodlarining turlari. Huquq yaratishning o’z-o’zidan va ongli-rejali usullari. Ikki palatali parlament sharoitida huquq ijodkorligi jarayonini shakllantirish.
Huquq tizimi. Huquq tizimi: tushunchasi, tarkibining ob’ektiv xarakteri. huquq tizimini sohalarga ajratish asoslari. Huquq sohasi va huquq instituti tushunchalari. Huquq normalari tushunchasi. Huquqiy normaning boshqa ijtimoiy normalardan va individual huquqiy buyruqlardan farqlovchi belgilari. Huquq normalarining tuzilishi. Huquq normalarining turlari. Huquq normalarini tasniflashni ilmiy-amaliy ahamiyati. Huquq normalarini turlarga ajratish asoslari. Huquqni tadbiq etish va huquq normalarini sharhlash. Yuridik amaliyot.
Huquq va xulq. Huquqiy xulq tushunchasi. Huquqiy xulq turlari. Huquqbuzarlik tushunchasi va belgilari. Huquqbuzarlikning yuridik tarkibi. Huquqbuzarlik sub’ekti va ob’ekti, sub’ektiv va ob’ektiv tomoni. Huquqbuzarlik turlari. Yuridik javobgarlik: tushunchasi, belgisi, turlari.
Qonuniylik va huquqiy-tartibot.
Xozirgi zamon huquqiy tizimlari va oilalari. Xozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari tushunchasi, tasniflanishi. Ularni o’zaro munosabati, xususiyatlari, o’xshashlik va farqlari. Huquqiy tizimlarni huquq oilalariga ajratish omillari. Davlat va huquqning rivojlanish istiqbollari va yo’llari.
“Davlat va huquq nazariyasi” o’z mohiyatiga ko’ra umumnazariy xususiyat va ahamiyatga ega bo’lgan fundamental yuridik fan hisoblanadi. U yuridik fan sifatida o’zining vazifalari, funktsiyalari, predmeti va me­todi yuzasidan huquqshunoslik (yurisprudentsiya) uchun umumilmiy mazmunga ega, shu bilan birga, u davlat va huquqning aynan umumiy, ya’ni muayyan kontseptsiyalari va tizimlarining umumiy nazariyasini o’zida ifoda etadi. Mazkur fan boshqa soha yuridik fanlari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilishi bilan birga, o’zining metodologik xarakteriga ko’ra zamonaviy huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimida ham etakchi o’rinni egallaydi.
Davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi va faoliyat yuritishi bilan bog’liq eng umumiy qonuniyatlarni ochib berish barobarida, fan davlat va huquq hodisalarining tabiatini tushunish, ularning jamiyat rivojlanishidagi o’rni va rolini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, “Davlat va huquq nazariyasi” fani talabalarga hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy voqeligi uchun zarur bo’lgan yo’nalishlarni yoritib berish bilan bir qatorda, u muhim ma’rifiy va tarbiyaviy funktsiyalarni ham bajaradi.
“Davlat va huquq nazariyasi” fundamental va metodologik fan sifatida davlat va huquqni vujudga kelishi hamda rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, davlat tushunchasi, belgilari, tiplari va mohiyati, davlat shakllari, funktsiyalari, davlat hokimiyati, mexanizmi, huquq tushunchasi, uning mohiyati, belgilari, printsiplari, funktsiyalari, hamda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat kabi davlat-huquqiy tushuncha va kategoriyalarni ilmiy bilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlat qurish jarayoni ketayotgan hozirgi davrda, davlat va huquq hodisalarini o’rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugun jamiyatimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar bizni davlat va huquq hodisalariga oid ko’pgina tushuncha va atamalarni qayta idrok etish hamda baholashga majbur etadi. Bu holat davlat va huquq nazariyasi fani oldiga muayyan vazifalarni qo’yadi. Bunda fan uzluksiz rivojlanib borishi bilan birgalikda davlat va huquq haqidagi jahon fanining eng yangi yutuqlarini o’ziga singdirishi, balki, ayni paytda ijtimoiy voqelikka mos ilmiy-nazariy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishi lozim bo’ladi.
Shu jihatdan olganda, mazkur o’quv qo’llanma ham fan bo’yicha tasdiqlangan o’quv dasturiga va davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan bo’lib, uning maqsadi talabalarni ushbu o’quv kursini chuqur o’zlashtirishlariga yordam berishga qaratilgandir.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin