Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


-mavzu. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI - UMUMNAZARIY FAN



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

1-mavzu. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI - UMUMNAZARIY FAN


Mavzuning asosiy yo’nalishlari

  1. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti hamda uning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Davlat va huquq nazariyasi fanining siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi, tarix va boshqa gumanitar fanlar bilan aloqasi.

  3. Davlat va huquq nazariyasi-yuridik fanlar tizimida.

  4. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari.

  5. Davlat va huquq nazariyasi fanining funktsiyalari.

  6. O’quv fani sifatida davlat va huquq nazariyasining tuzilishi.

  7. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish, isloh qilish va modernizatsiyalashda davlat va huquq nazariyasi fanining roli.



1. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING PREDMETI HAMDA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

Ma’lumki, muayyan fanni o’rganishni boshlashda, avvalo, uning predmetini, o’rganiladigan ob’ektini aniqlash zarur. Zero “fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to’g’risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan hamda haqqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o’ziga xos o’rganish ob’ekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi”1. “Davlat va huquq nazariyasi” shaxs faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o’z oldiga davlat va huquq to’g’risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o’rni haqidagi fikrlarning ob’ektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma’lum bir tizimga solish vazifani ko’zlaydi.


Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. U yuridik fanlarining metodologik poydevorini tashkil etib, davlat va huquqning nazariy muammolarini o’rganadi.
“Nazariya” iborasi “ko’rib chiqmoq”, “tadqiq etmoq”, “tahlil qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. “Nazariya” – keng ma’noda voqea-hodisalarning o’zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa-u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g’oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir2.
Davlat va huquq nazariyasi – bu davlat-huquqiy hodisalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishini o’rganuvchi umumnazariy-yuridik qonuniyatlar haqidagi bilimlar tizimining yig’indisidir.
Shu nuqtai nazardan, davlat va huquq nazariyasining predmeti quyidagicha izohlash mumkin:




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin