Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquq tamoyillari ta’sir etish doirasiga ko’ra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga bo’linadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə53/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquq tamoyillari ta’sir etish doirasiga ko’ra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga bo’linadi.

  • Umumhuquqiy tamoyillar: adolatlilik, fuqarolarning qonun oldida huquqiy jihatdan tengligi, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, huquq va majburiyatlar birligi va boshqalar;

  • Sohalararo tamoyillar: javobgarlikning muqarrarligi, oshkoralik, fuqarolik-protsessual va jinoiy-protsessual huquqdagi tortishuvlilik tamoyili va boshqalar;

  • Sohaviy tamoyillar: masalan, mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi (fuqarolik huquqi); jinoyat jarayoni huquqida aybsizlik prezumtsiyasi va boshqalar.


7. HUQUQNING FUNKSIYALARI



Huquqning funktsiyalari – bu jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga va kishilarning yurish-turishlariga huquqiy ta’sir qilishning asosiy yo’nalishlaridir.
Huquq funktsiyalarining ijtimoiy muno­sabatlarga ta’sir o’tkazish yo’nalishi sifatidagi rolini tavsiflovchi quyidagi belgilari mavjud:
1. Huquq funktsiyasi uning mohiyatidan kelib chiqadi hamda huquqning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi.
2. Huquqning funktsiyasi uning ijtimoiy munosabatlarga ta’sirining shunday yo’nalishiki, bunda uning amalga oshirilishiga bo’lgan ehtiyoj ijtimoiy hodisa sifatida huquqning zaruratini taqozo etadi.
3. Funktsiya huquqning eng muhim xususiyatlarini ifodalaydi va u huquq taraqqiyotining muayyan bosqichida uning oldida turgan tub masalalarni hal etishga yo’naltiriladi.
4. Huquq funktsiyasi uning faol harakat yo’nalishidan iborat bo’lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan ko’rinishini tartibga soladi. Aynan shuning uchun ham jo’shqinlik, harakat, faoliyatni huquq funktsiyasining eng muhim belgilari deyish mumkin.
5. Huquq funktsiyasi muntazamliligi bilan ajralib turadi. Uni qo’llashning uzluksizligi, davomiyligi shu bilan belgila­nadi.
Huquq funktsiyalarini ikki xil nuqtai-nazardan, ya’ni maxsus yuridik (tor ma’noda) va umumijtimoiy (keng ma’noda) tasniflash mumkin.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin