Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə55/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Realistik huquq maktabi (R.Iering, S.M.Muromtsev va boshq.). Mazkur yo’nalish vakillari huquqning tadrijiy tarzda rivojlanishi haqidagi tarixiy tasavvurlardan farqli o’laroq, huquq tashqi omillar ta’sirida paydo bo’ladi va rivojlanadi, deb hisoblaydilar. Huquqshunos Rudolf Iering ushbu nazariyaning mazmun-mohiyatini o’zining “Rim huquqi ruhi”, “Huquq uchun kurash”, “Huquqda maq­sad” kabi asarlarida bayon qilgan. Ieringning ta’biricha, huquq – hi­moyalangan davlat manfaatidir. U shaxs manfaatlarini kafolat­laydi, odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Huquqning vazi­fasi huquqdan foydalanishni kafolatlashdan iborat. Huquqning maz­mun-mohiyati zamirida qonunsizlikka qarshi xalqlar kurashi, dav­lat hokimiyati, individlar kurashi yotadi. Shu munosabat bilan Ie­ring huquq tarixidagi barcha ulkan yutuqlar – qullikning, krepost­noylikning barham toptirilishi, er mulki erkinligi, hunarmand­chilik, e’tiqod va hokazolar erkinligi – bularning hammasi shafqatsiz, ko’pincha asrlar osha davom etadigan kurashlarda qo’lga kiritilishi lozimligini, bunday hollarda huquqning yo’li ha­misha huquqlar qoldiqlari orqali belgilanishini alohida ta’kid­lagan.
Uning e’tirof etishicha, mutlaq adolatli huquq yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, huquqning qimmati uning asosida yotgan maq­sadni amalga oshirishdan iboratdir. Manfaatlar kurashi asosida dunyoga kelgan huquq insoniyat jamiyati hayotida adolat tamoyilla­riga albatta rioya qilish sharti bilan birovlar irodasini boshqa­larning manfaatlariga bo’ysundiruvchi kuch sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur ilmiy yo’nalish namoyondalari, huquq uchun kurashish qonuniy huquqqa ega bo’lgan shaxsning o’z ol­didagi majburiyatidir, huquqni himoya qilish, ya’ni huquqbuzar­likka qarshi harakat qilish esa faqat o’z-o’ziga nisbatangina emas, balki umuman jamiyatga, davlatga nisbatan ham majburiyatdir: har bir odam huquqni himoya qilar ekan, o’zining sub’ektiv huquqi asosi bo’lgan ob’ektiv huquq normalarini muhofaza etadi, deb hi­soblaydilar.
Psixologik huquq maktabi (Petrajitskiy, Ross, Reysner, Dyugi, Merill). Ushbu nazariya XX asr boshlarida keng tarqalgan. Mazkur nazariya vakillarining fikricha, kishilarning ruhiyati jamiyat, axloq, huquq va davlatning rivojlanishini belgilab beradigan omildir, haqiqiy huquq kishilarning o’z huquq va majburiyatlari to’g’risidagi ruhiy kechinmalaridir. L.Petrajitskiyning ta’kidlashicha, tajribalarga asoslanuvchi fan turmushning ikki ko’rinishi – moddiy va ruhiy tomonlarini o’rganadi. Ijtimoiy voqelik hodisalarining biri sifatida huquq ruhiy dunyoga taalluqli bo’lib, u odamlarning imperativ-atributiv (majburiylik-da’vogarlik) kechinmalaridan tashkil topadi. Inson xatti-harakatlari erkin va o’zaro bog’liq bo’lishi mumkin. Uning fikricha, normalar, avtoritar buyruq va taqiqlar insonning ichki kechinmalari va hissiyotlari ifodasidir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin