Mavzuning asosiy yo’nalishlari Huquqiy ong: tushunchasi, tarkibiy qismlari.
Huquqiy psixologiya va huquqiy mafkura.
Huquqiy ongning turlari va darajalari.
Huquqiy ongning funktsiyalari.
Huquqiy madaniyat: tushunchasi, tuzilishi, darajalari.
Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning zarur sharti.
Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm.
Huquqiy nigilizmni bartaraf qilish muammolari.
O’zbekistonda fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi”ning ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyat masalalari.
Huquqiy ong - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo’lgan g’oyalar, his tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisidir.
Huquqiy ong: birinchidan,huquqning jamiyat ehtiyojlarini ifodalovchi manbaidir; ikkinchidan, huquqni ijtimoiy voqelikka tadbiq etishning zarur omillaridan biridir; uchinchidan, shaxslarning xulq-atvori huquq normalariga qay darajada mos kelishini tushunib olishga ko’maklashadi, baholash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Huquqiy ongning asosiy tarkibiy elementlari: huquqiy ruhiyat (psixologiya) va huquqiy mafkura (ideologiya). Huquqiy ruhiyat(psixologiya) - bu alohida ijtimoiy guruh, shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg’ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig’indisidan iborat bo’lgan huquqiy ongning tarkibiy elementi. Huquqiy ruhiyat jamiyatdagi mavjud huquqiy muhitning bevosita ta’siri ostida vujudga keladi va huquqiy ongning boshlang’ich pog’onasi hisoblanadi. Huquqiy ongning aynan shu darajasidan huquqiy reallikni anglash, u bilan dastlabki tanishuvi boshlanadi.