Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə65/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Murakkab gipotezada esa huquq normasining amal qilishi ikki yoki undan ortiq holatlarning mavjud yoki mavjud emasligiga bog’liq ekanligi ko’rsatiladi. Masalan jinoiy jazoni o’tashdan muddatidan ilgari ozod etish to’g’risidagi normalarni qo’llash uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: 1) jazoni o’tash rejimi talablarini bajarganlik va mehnatga halol munosabatda bo’lish; 2)jazoning muayyan miqdorlarini o’tab bo’lganlik.
Alternativ (muqobil) gipoteza esa huquq normalarining amal qilishi sanab o’tilgan shart-sharoitlardan biriga bog’liq ekanligini bayon etadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining 322–moddasida jinoyat ishini qo’zg’atish asos va sabablari bayon qilingan bo’lib, jinoyat ishini qo’zg’atishning muqarrarligi to’g’risidagi majburiyatni bajarish sanab o’tilgan sabab va asoslardan birining mavjudligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Dispozitsiya - lotincha, “dispositio”-joylashuv. Dispozitsiya huquq normasining bir qismi bo’lib, unda gipotezada ko’rsatilgan holatlar mavjud bo’lganida huquq sub’ektlari rioya etishlari lozim bo’lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo’ladi. Bu yuridik normaning o’zagi, huquqqa muvofiq hulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozitsiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanktsiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda bo’ladi. Yurish-turish qoidasining ifodalanishiga ko’ra dispozitsiyalar oddiy, murakkab va muqobil hamda xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to’laligi bo’yicha tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo’linadi.
Oddiy dispozitsiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini uning mazmunini to’la ochib bermagan holda ko’rsatib o’tadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, O’zbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Murakkab dispozitsiya esa yurish-turishning barcha asosiy belgilarini ko’rsatadi va sanab o’tadi. Masalan, “Ijara to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida ifodalangan huquq normasi dispozitsiyasi ijaraga olingan mulkni yaxshilash yuzasidan ijarachining ushbu mol-mulk tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o’zgartirishlarni mustaqil ravishda kiritish, mol-mulkni rekonstruktsiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirishga haqli ekanligini ko’rsatib o’tadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin