Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Islom huquqining asosiy manbalari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə73/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

8. Islom huquqining asosiy manbalari




  1. Qur’oni Karim – musulmonlarning muqaddas kitobi, musulmon huquqi uchun rahbariy qoidalar to’plami (Olloh tomonidan Muhammad payg’ambarga nozir qilingan).

  2. Hadis yoki Sunna – Muhammad payg’ambar to’g’risidagi hamda uning pand- nasihatlari, o’gitlari va ko’rsatmalari bilan bog’liq axloqiy, diniy me’yorlar bo’lib, ular Qur’oni Karimni aniqlashtirishga yordam beruvchi, huquqiy munosabatlarni tartibga solishga ko’maklashuvchi qoidalar to’plami hisoblanadi.

  3. Ijmo’ – xalifalar, bilimdon kishilarning Qur’on qoidalari asosida turli munosabatlar bo’yicha chiqargan hukmlari, qarorlari.

  4. Qiyos – analogiya, o’xshatish yo’li bilan chiqarilgan hukm (oldingi manbalarda o’z ifodasini topmagan fikr-mulohozalarni qamrab oladi).

Qur’on, Sunna, ijmo’ va qiyosdan tashqari, fiqhning boshqa yordamchi manbalaridan foydalanish ham mustasno etilmagan. Ularga huquqiy odatlar, qonunlar va fatvolar kiradi.


9. XALQARO HUQUQ NORMALARINI MILLIY QONUNCHILIKDA IMPLEMENTATSIYA QILISH MASALALARI

Milliy huquqiy tizimda xalqaro huquq normalarini tizimlashtirish, unifikatsiya qilish, turkumlashning reja va dasturlarini ishlab chiqish, ratifikatsiya va denonsatsiya qilingan hujjatlarni belgilangan tartibda kuchga kirgandan so’ng milliy qonunchilikka tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun ijodkorligi bilan shug’ullanish, ular normalarini milliy qonunchilik orqali bajarish mexanizmlarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda muhim omil bo’ladi. Shu jihatdan qaraganda, implementatsiya – qonun ijodkorlik faoliyatining ustuvor sohasi bo’lishi bilan bir qatorda, har bir davlatning suveren huquqi sifatida uni amalga oshirishning milliy–huquqiy va tashkiliy mexanizmlarining samaradorligiga erishish istiqbolli vazifadir.


Ta’kidlash joizki, xalqaro huquq normalarini amalga oshirish uchun “implementatsiya” (uyg’unlashtirish) atamasidan keng foydalaniladi. O’zbekiston milliy huquqiy tizimida implementatsiya nisbatan yangi tushuncha va huquqiy kategoriyadir. Chunki, mustaqillikka erishilgandan so’nggina xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini ta’minlashga sharoit yaratildi.
Shu jihatdan olganda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish asoslari mustahkamlanganligini alohida qayd etish joiz. Xususan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O’zbekiston halqi ... “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda...o’zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini...” qabul qilganligi ushbu fikrning yorqin ifodasidir. Shu o’rinda, ushbu normani implementatsiyaning konstitutsiyaviy alifbosi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yuqoridagi konstitutsiyaviy tamoyilni uzviy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonunining 27-moddasida “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquq normalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi tomonidan og’ishmasdan va majburiy rioya qilinadi”, deb belgilab qo’yilgan9.
Mazkur konstitutsiyaviy-huquqiy normalar mohiyatidan anglashilishicha, xalqaro huquq normalarining tan olinishi va milliy huquq tizimini shakllantirishda ularga asoslanishi uning ustuvorligidan hamda ustuvor huquqiy kategoriya sifatida muhim o’rin tutishidan dalolat beradi. Implementatsiya tushunchasiga yuridik ma’noda qaysi jihatdan ta’rif berishdan qat’iy nazar eng avvalo, xalqaro huquq normalari ustunligi, og’ishmay va majburiy rioya etish nazarda tutiladi. Milliy huquqiy tizimda halqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ifodalanishi O’zbekistonning bu boradagi majburiyatlari bajarilishining kafolatidir. O’tgan yillar mobaynida milliy qonunchiligimizga xalqaro huquq norma va qoidalarining singdirilishi yoki ratifikatsiya va denonsatsiya qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan O’zbekistonning nufuzi oshayotganligi e’tirof etilayotganligidan dalolat beradi.
Ta’kidlash joizki, xalqaro shartnomalarni milliy huquqqa implementatsiya qilish turli mamlakatlarda turlicha usullarda amalga oshiriladi. Ba’zi mamlakatlarda xalqaro shartnomalar ularning huquqiy tizimlarining uzviy qismi deb e’lon qilinadi (AQSh, Gollandiya, Rossiya). Xususan, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida belgilanishicha, “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan printsiplari va normalari va Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari mamlakat huquqiy tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi” (15-moddaning 4-bandi); Frantsiya va Italiyada xalqaro huquq normalari mamlakat milliy huquqidan ustuvor deb tan olinadi; uchinchi toifa mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Hindiston) xalqaro shartnomalar parlamentning yangi yoki qo’shimcha normativ – huquqiy hujjat qabul qilishi orqali implementatsiya qilinadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin