3. HUQUQ TIZIMINI SOHALARGA AJRATISH
ASOSLARI
Huquq tizimini sohalarga ajratishda huquqiy tartibga solish predmeti va metodi muhim mezon vazifasini o’taydi. Huquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq normalari ta’siri doirasida bo’lgan munosabatlar tushuniladi. Ya’ni huquqiy jihatdan tartibga solinishi zarur bo’lgan har qanday ijtimoiy munosabat huquqiy tartibga solish predmetini tashkil etadi.
Huquqiy tartibga solish metodi – mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Huquqiy tartibga solish predmeti huquq normalari bilan qanday munosabatlar tartibga solinishini anglatsa, huquqiy tartibga solish metodi esa ushbu munosabatlar qanday usul va vositalar yordamida tartibga solinishini bildiradi. Huquqiy tartibga solish metodi huquqni sohalarga ajratishda tartibga solish predmeti kabi birlamchi ahamiyatga ega bo’lmasa-da, ularning huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirishda muhim hissa qo’shadi.
Yuridik adabiyotlarda har bir huquq sohasi o’zining huquqiy tartibga solish metodiga ega ekanligi haqida fikr yuritiladi. Masalan, ma’muriy huquq uchun – bu davlat-hokimiyat buyruq berish metodi, fuqarolik huquqi uchun – tenglik, ruxsat berish metodi, mehnat huquqi uchun - adolatli taqdirlash va rag’batlantirish metodi, jinoyat huquqi uchun – jazo tahdidi bilan man etish metodi va hokazo.
Huquqiy tartibga solishning quyidagi metodlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
Aynan ana shu usul va vositalar o’zaro uyg’unlikda huquq sohasining metodini tashkil etadi. Misol tariqasida er huquqida ushbu usullarning qo’llanilishiga e’tibor bering: 1) ruxsat berish-erdan foydalanishni tashkil etishda qo’llaniladi. 2) rozilik berish-davlat organlarining erdan foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan me’yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoidalarni tasdiqlashi va rozilik berishi. 3) man etish-atrof-muhitni muhofaza etishda erlardan foydalanish yoki ma’lum bir hududlarda ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishni ta’qiqlash. 4) majburiy ko’rsatmalar berish.
Dostları ilə paylaş: |