Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQ IJODKORLIGI JARAYONIDA YURIDIK TEXNIKANING ROLI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə78/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

4. HUQUQ IJODKORLIGI JARAYONIDA YURIDIK TEXNIKANING ROLI



Yuridik texnika – bu muayyan mamlakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, ya’ni huquqni qo’llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan uslublar, usullar, yo’llar va vositalar, shuningdek amaliy ko’nikmalar majmuidir.
Yuridik texnika deganda, keng ma’noda, fuqarolik jamiyatining boshqaruv organlari ko’zlaydigan maqsadlarni tegishli vositalar va usullar majmui orqali huquqiy normalar oqimiga moslashtirish va ushbu normalarni ijro qilinishiga erishish tushuniladi. Tor ma’noda esa yuridik texnika tushunchasi huquq tilini ishlatish, yuridik fikrlash shartlarini belgilaydigan va aniqlaydigan masalalar, yoki har-xil texnik usullar va qoidalarni qo’llash bilan chegaralanadi.
Yuridik texnikaning eng muhim talablaridan biri – bu har bir yaratilgan normativ-huquqiy hujjat, eng avvalo mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda, bir-biriga bog’liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq o’zigacha va o’zidan keyingi normalarga mazmunan bog’liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatning biron-bir normasi boshqa normaga mazmunan zid kelmasligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Har bir norma yagona tizimning bo’g’ini sifatida normativ hujjat yo’nalishiga mos kelishi lozim. Biroq bu fikr, bir normativ-huquqiy hujjat ichida ziddiyat bo’lmasa bo’ldi, degani emas, albatta. Alohida olingan normativ-huquqiy hujjat yaxlit qonunchilik tizimidagi barcha huquqiy normalarga zid kelmasligi lozim. Shu jihatdan olganda, huquqiy tizimda o’zaro ziddiyatlar bo’lmasligiga erishish hamda huquq ijodkorligining samadorligini oshirishda yuridik texnika muhim ahamiyatga egadir.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin