Huquq tizimi - bu ijtimoiy munosabatlarning xarakteri bilan bog’liq bo’lgan huquqning ichki tuzilishi bo’lib, u huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibidir.
Huquq tizimi hodisasining quyidagi xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
huquq tizimi – muayyan jamiyatda amalda bo’lgan huquqning ob’ektiv sifatidir, uni avvaldan belgilangan reja asosida barpo etish mumkin emas;
huquq tizimi to’laligicha huquq bilan mustahkamlanadigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tizimiga muvofiq keladi. Shu jihatdan olganda, huquq ijtimoiy hodisa sifatida nafaqat o’zida, balki ichki tuzilishi orqali ham jamiyat xususiyatlarini ifoda etadi;
huquq tizimi tarixiy o’zgaruvchan, u jamiyat taraqqiyoti bilan mutanosib ravishda evolyutsion jarayonlarni bosib o’tadi;
huquq tizimi tarkibiga kiruvchi o’zaro aloqada bo’lgan sohalar bir-birini takrorlamaydi va aksincha o’zaro bir-birini to’ldiradi;
huquq tizimi ijtimoiy munosabatlar mazmuni bilan bog’liq holda, ob’ektiv ravishda shakllanadi;