Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


huquq tizimi yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki “qurilma”dan iboratligini ko’rsatadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə80/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

huquq tizimi yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu tizim qanday ichki “qurilma”dan iboratligini ko’rsatadi;

  • huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning muayyan guruhlarga birlashishini ko’rsatadi;

  • huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular birlashgan guruhlarning o’zaro farqlanishini ko’rsatadi;

  • huquq tizimi ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va ularning o’ziga xosligi yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuvini taqozo etadi.

    Huquq tizimining quyidagi elementlari mavjud: a) huquq normasi; b) huquq instituti; s) huquq sohasi.


    2. HUQUQIY TIZIM TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY ELEMENTLARI

    “Huquqiy tizim” atamasi quyidagi uch ma’noda qo’llaniladi:



    • ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda (bunda u umuman “huquq­ning ijtimoiy-iqtisodiy turi” tushunchasiga to’g’ri keladi);

    • biror mamlakatning huquqiy tizimi ma’nosida;

    • turli mamlakatlar huquqiy tizimlarining birligi ma’nosida.

    Binobarin, huquqiy tizim deganda, bir mamlakat doirasida amal qiluvchi ob’ektiv huquq tushuniladi. Boshqacha aytganda, muayyan mamlakatning huquqiy tizimi ushbu davlatning hududida amal qiladigan va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqdir. Bugungi kunda siyosiy xaritada 200 dan ortiq davlat mavjudligini e’tiborga oladigan bo’lsak, demak shuncha huquqiy tizim shakllangan.
    Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    1. normativ xususiyatga ega bo’lgan tarkibiy elementlar: a) huquq; b) huquq tizimi; v) huquqiy printsiplar; g) huquqning manbalari

    2. harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar: a) huquq ijodkorligi; b) huquqni amalga oshirish, qo’llash jarayoni; v) huquqiy munosabatlar; g) huquqiy tartibga solish mexanizmi.

    3. g’oyaviy – mafkuraviy mazmunga ega bo’lgan elementlar: a) huquqiy ong; b) huquqiy madaniyat; v) huquqiy mafkura; g) huquqiy siyosat; d) yuridik fan; e) qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi.

    4. tashkiliy – tarkibiy elementlar: a) yuridik muassasalar: huquqiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar10.




    Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin