2. HUQUQIY MUNOSABATLARNING YUZAGA KELISH ASOSLARI
Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (mazkur ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasining mavjudligi; tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega bo’lishligi; yuridik faktning mavjudligi) bo’lishi lozim.
3. HUQUQIY MUNOSABATLAR TARKIBI: SUB’EKT, OB’EKT, SUB’EKTIV HUQUQ VA YURIDIK MAJBURIYATLAR
Huquqiy munosabatlarning elementlari: huquq ob’ekti, huquq sub’ekti, yuridik faktlar (harakat va hodisalar), sub’ektiv huquq va yuridik majburiyat.
Huquqiy munosabat ob’ekti – bu huquqiy munosabat sub’ektlari (ishtirokchilari)ning huquq va majburiyatlari qaratilgan narsalar, ya’ni huquqiy munosabatlar nimaga qaratilgan bo’lsa, shu narsalar uning ob’ektini tashkil etadi.
Huquqiy munosabatning ob’ektlari quyidagilar:
moddiy qadriyatlar (ashyolar, mulk va b.);
nomoddiy qadriyatlar (hayot, sog’liq, sha’n, qadr-qimmat va b.);
ma’naviy ijod mahsullari (adabiy asarlar, san’at, musiqa, fan, kompyuter dasturlari va b.);
huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining faoliyati natijalari (masalan: mahsulot etkazib berish shartnomasi, kapital qurilish pudrati asosida yuzaga keladigan munosabatlar);
qimmatbaho qog’ozlar va hujjatlar (pul, aktsiyalar, plastik kartochkalar, diplomlar, shaxodatnomalar va b.).
Huquqiy munosabat sub’ektlari – huquqiy munosabatlarning sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo’lgan ishtirokchilari.
Huquq sub’ekti – bu qonunga binoan huquqqa ega bo’lish va zimmasiga yuridik majburiyatlarni olish layoqatiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Jismoniy shaxslar – bular muayyan davlat fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.
Dostları ilə paylaş: |