Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQDAGI PREZUMPTSIYALAR VA



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə91/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

5. HUQUQDAGI PREZUMPTSIYALAR VA
FIKTSIYALAR


Huquqiy prezumptsiya – ­­­­­­­­­­nazarda tutilayotgan va mavjud bo’lgan faktlar orasidagi aloqalarga asoslangan holda muayyan faktlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risidagi faraz.
Prezumptsiya – aksi tasdiqlanmaguncha biror dalilni yuridik jihatdan to’g’ri, deb hisoblash. Normativ huquqiy hujjatlar ijro etilayotga­nida, ya’ni kishilar xatti-harakatlarida ro’yobga chiqayotganida moddiylikka ko’chadi. Biroq rasmiy huquqiy talabning bajarilishi faqat bajaruvchi to­monidan uning mazmuni tushunilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Huquq, huquqiy tartibga solish uchun qonunni bilish pre­zumptsiyasi – huquq sub’ektlari, uning egalari huquqiy ko’rsatma, yo’l-yo’riqlar mazmunini “bilishlari” (ya’ni anglashlari, tushu­nishlari) to’g’risidagi taxmindir.
Prezumptsiyalarni huquqiy mustahkamlanganlik faktiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • ­faktik, ya’ni qonunchilikda o’z ifodasini topmagan va yuridik ahamiyatga ega bo’lmagan, lekin, muayyan yuridik ishlarni amalga oshirishda e’tiborga olinadigan prezumptsiyalar;

  • qonuniy prezumptsiyalar;

  • preyuditsiya, ya’ni, oldin muayyan ishlar bo’yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari yoki hukmi bilan o’rnatilgan faktik dalillar va tekshiruvlarni ishni ko’rib chiqayotgan sudlar tomonidan tan olishning majburiyligi;

Prezumptsiyalarni amal qilish doirasiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Umumhuquqiy. Masalan, halollik prezumptsiyasi. Ushbu printsi­pning chinakamiga amalga oshirilishi faqat umumiy huquqiy ma­daniyatning o’sishigagina olib kelmay, balki bevosita samara beruvchi, foydali kuchga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarda ishonchlilik holati, halollikning barqarorligiga ishonch, odatda, turli-tuman mayda rasmiyatchiliklarga sarf bo’ladigan ko’plab vaqt va kuchni tejab qolish imkonini beradi.
2. Huquq sohalariga tegishli bo’lgan prezumptsiyalar. Masalan, jinoyat huquqida aybsizlik prezumptsiyasi. Aybsizlik prezumptsiyasi - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasida ko’rsatilishicha, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo’llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin