Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə90/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Yuridik shaxslar – qonun bo’yicha fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining sub’ekti bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar. Yuridik shaxslar o’z mulkida, xo’jalik yuritishda va operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilotlar (korxona, muassasa va b.).
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.
Huquqiy munosabat sub’ektlari elementlari: huquq layoqati va muomala layoqati.
Huquq layoqati – shaxsning qonunda nazarda tutilgan sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo’lish layoqati. Fuqarolarning huquq layoqati u tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Yuridik shaxslarda esa huquq layoqati uning Nizomi tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi.
Muomala layoqati – fuqaro yoki yuridik shaxsning o’z harakatlari bilan huquqqa ega bo’lish va o’zi uchun majburiyatlar yaratish qobiliyati.
Muomala layoqati bu shaxsning o’z hatti-harakati orqali huquq va majburiyatlarga ega bo’lishining qonunda belgilangan (tan olingan) imkoniyati. Muomala layoqati faqat sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqaroning o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo’lish va ularni amalga oshirish, o’zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish (muomala layoqati) u voyaga etgach, ya’ni o’n sakkiz yoshga to’lgach, to’la hajmda vujudga keladi.
Sub’ektiv huquq – bu sub’ektning sodir etishi mumkin bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi.
Sub’ektiv yuridik majburiyat – sub’ektning sodir etishi lozim bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi.
4. YURIDIK FAKT: TUSHUNCHASI VA TURLARI



Yuridik faktlar – huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlar. Oqibatlarining xususiyatiga ko’ra, huquqni vujudga keltiruvchi, huquqqa barham beruvchi va huquqni o’zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko’ra, yuridik faktlar ikki guruhga - hodisalar va harakatlarga (harakatsizliklarga) bo’linadi. Huquq sub’ektlarining xohish-irodasidan qat’i nazar yuz beradigan vaziyatlar hodisa hisoblanadi. Masalan, tabiiy ofatlar-yong’inlar, suv toshishi, er qimirlashi va h.k. Ushbu tabiiy ofatlar natijasida, odamlar halok bo’lishi mumkin, ularning mol-mulkiga ziyon etadi, binobarin, zararni qoplash, mol -mulkni meros qoldirish, sug’urta puli to’lash va hokazolar bilan bog’liq tegishli hukuqiy munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu hodisalar o’z holicha yuridik ahamiyatga molik emas va o’z-o’zidan hech qanday holatlarni vujudga keltirmaydi, ammo bunga sabab bo’lib xizmat qiladi. Harakatlar (harakatsizliklar) – kishilar xohish-irodasiga bog’liq bo’lgan, ularning o’zi sodir qiladigan yoki qilishdan tiyiladigan faktlardir. Harakatlar, o’z navbatida, qonuniy (ishga yoki oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish, nikohni ro’yxatdan o’tkazish) va noqonuniy (huquqbuzarliklarning barcha turlari) bo’ladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin