Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQ NORMALARINI QO’LLASH JARAYONI BOSQICHLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə94/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

4. HUQUQ NORMALARINI QO’LLASH JARAYONI BOSQICHLARI


Huquqni qo’llash jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  1. huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim bo’lgan yuridik ishning faktik tomonini o’rganish va o’rnatish;

  2. ko’rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish;

  3. ko’rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasining mazmunini aniqlash va uni sharhlash;

  4. ko’rilayotgan masalaga oid tanlab olingan huquq normalarining qo’llanish aktini chiqarish;

  5. huquqni qo’llash akti chiqarilgandan so’ng, uning bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish;

  6. huquqni qo’llash aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan nazorat o’rnatish.



5. HUQUQNI QO’LLASH AKTLARI: TUSHUNCHASI, XUSUSIYATI VA TURLARI


Huquqni qo’llash akti – bu muayyan yuridik ish bo’yicha muayyan shaxs(lar)ning huquqlarini, majburiyatlarini va u(lar)ning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, yuridik faktlar va huquq normalariga asoslanib vakolatli yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy akt. Yuridik ishni hal etish huquq ijodkorligi hujjatlariga nis­batan bo’ysunuvchi maqomga ega bo’lgan huquqni qo’llash aktlarida qayd etiladi. Ular huquqiy normalarga asoslanadi hamda normativ hujjatlarni amalga oshirish jarayoniga individual normativ ta’sirini o’tkazish maqsadini ko’zlaydi.
Huquqni qo’llash aktlarining xususiyatlari:

  • vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilishi;

  • aktlar qat’iy individuallashganligi, ularning muayyan shaxs va hodisalarga nisbatan ekanligi;

  • davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanishi;

  • huquqni qo’llash aktlarining bir marotaba qo’llanilishi va shu bilan u o’z vazifasini tamomlashi (ya’ni uning o’z kuchini yo’qotishi).


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin