Huquqni qo’llash jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim bo’lgan yuridik ishning faktik tomonini o’rganish va o’rnatish;
ko’rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini tanlab olish;
ko’rilayotgan masalaga oid tanlab olingan huquq normalarining qo’llanish aktini chiqarish;
huquqni qo’llash akti chiqarilgandan so’ng, uning bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish;
huquqni qo’llash aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan nazorat o’rnatish.
5. HUQUQNI QO’LLASH AKTLARI: TUSHUNCHASI, XUSUSIYATI VA TURLARI
Huquqni qo’llash akti – bu muayyan yuridik ish bo’yicha muayyan shaxs(lar)ning huquqlarini, majburiyatlarini va u(lar)ning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, yuridik faktlar va huquq normalariga asoslanib vakolatli yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy akt. Yuridik ishni hal etish huquq ijodkorligi hujjatlariga nisbatan bo’ysunuvchi maqomga ega bo’lgan huquqni qo’llash aktlarida qayd etiladi. Ular huquqiy normalarga asoslanadi hamda normativ hujjatlarni amalga oshirish jarayoniga individual normativ ta’sirini o’tkazish maqsadini ko’zlaydi.
Huquqni qo’llash aktlarining xususiyatlari: