Huquqdagi fiktsiyalar – joriy qonunchilik bilan tan olingan va umummajburiy xarakter kasb etgan, lekin, amalda mavjud bo’lmagan holatlar (masalan, muayyan shaxsning yo’qolganligi sababli ma’lum muddat o’tgandan keyin uning vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma berilgan taqdirda, mazkur shaxsning keyinchalik tirik ekanligi holati).
Mavzuning asosiy yo’nalishlari: Huquqni amalga oshirish tushunchasi.
Huquqni amalga oshirish shakllari: rioya etish, ijro etish, foydalanish va qo’llash.
Huquq normasini qo’llash - huquqni amalga oshirishning muhim shakli sifatida.
Huquq normalarini qo’llash jarayoni bosqichlari.
Huquqni qo’llash hujjatlari: tushunchasi, xususiyati va turlari.
Huquqni amalga oshirish – bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo’lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tadbiq etilishidir. Huquq printsiplari va normalari faqat hayotga tatbiq etilgan, maxsus muomala sub’ektlari harakatlarida amalga oshgan taqdirdagina huquq oliy ijtimoiy qadriyat sifatida namoyon bo’ladi, shundagina u mazmun kasb etadi, jamiyat uchun ahamiyatga ega bo’ladi. Agar huquq amalga oshirilmas ekan, oxir-oqibatda u o’zining mohiyatini yo’qotadi. Zero, huquqiy jamiyatda xalq ham, davlat ham huquqqa rioya etish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
2. HUQUQNI AMALGA OSHIRISH SHAKLLARI: RIOYA ETISH, IJRO ETISH, FOYDALANISH VA QO’LLASH
Huquqni amalga oshirish shakllari:
Huquqni amalga oshirishning normativ hujjatlarda ko’rsatilgan qoidalarni qo’llanish darajasiga ko’ra:
huquqiy faoliyat amalga oshiriladigan umumiy vazifalar va tamoyillar o’z ifodasini topgan qonunlar hamda moddalarning muqaddimalarida ko’zda tutilgan umumiy ko’rsatmalarni tadbiq etish;
huquq sub’ektlarining huquqiy maqomini hamda vakolatlar doirasini o’rnatuvchi umumiy normalarni tadbiq etish;
muayyan huquqiy munosabatlarda tegishli huquqiy normalarni tadbiq etish.