Huquqiy munosabatlar - shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqa bo’lib, bu ularning o’zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. O’zaro huquq va burchlarsiz huquqiy munosabat vujudga kelmaydi. Huquqiy munosabatlar - bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solingan bir qismi bo’lib, ularning sub’ektlari sub’ektiv huquq va sub’ektiv yuridik majburiyatlarga ega bo’ladilar.
Huquqiy munosabatlarning belgilari:
ijtimoiy sub’ektlar o’rtasidagina yuzaga keladigan muayyan aloqalar;
irodaviy harakterga ega (chunki munosabat yuzaga kelishi uchun kamida bitta tomonning istagi talab qilinadi);
davlat tomonidan qo’riqlanadi va ta’minlanadi;
muayyan predmet yoki ashyoga nisbatan yuzaga keladi va shu asosda sub’ektlar o’zlariga tegishli sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshiradilar.
Huquqiy munosabatlarni quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin: huquq tarmoqlariga ko’ra: konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik-huquqiy, jinoyat-huquqiy, mehnatga oid, oilaviy va b.;
mazmuniga ko’ra: umumiy tartibga soluvchi, nisbiy, qo’riqlovchi;
taraflarning aniqlik darajasiga ko’ra: mutloq, regulyativ;
majburiyatlar xarakteriga ko’ra: sust tipdagi, faol tipdagi;
sub’ektlariga ko’ra: umumiy, muayyan (konkret);
ta’sir etish maqsadiga ko’ra: statik, dinamik;
genetik va funktsional aloqalarga ko’ra: moddiy va protsessual.