Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiyalash quyidagi belgilari bilan farq­lanadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə86/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiyalash quyidagi belgilari bilan farq­lanadi:
Birinchidan, kodifikatsiyalash faoliyati bilan faqat vako­latli huquq ijodkorligi organlari konstitutsiyaviy va boshqa qo­nuniy vakolatlar asosida shug’ullanadi.
Ikkinchidan, kodifikatsiyalash natijasida oldin amalda bo’lganlaridan jiddiy farqlanuvchi normalarni o’z ichiga olgan yangi normativ-huquqiy hujjat yaratiladi.
Uchinchidan, kodifikatsiyalashtirilgan hujjat yig’ma huj­jat hisoblanadi. Chunki, unda oldin turli hujjatlarda aks etgan, lekin ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini tartibga solishga xizmat qilgan normalar bir joyga jamlanadi.
To’rtinchidan, kodifikatsiyalangan hujjat ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasida amal qiluvchi hujjatlar orasida asosiysi hisoblanadi.
Beshinchidan, kodifikatsiyalash natijasida yaratiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy munosabatlarni uzoq vaqt davomida tartibga solishga mo’ljallangan. Ular ijtimoiy ha­yotdagi ehtimol tutilgan o’zgarishlarni hisobga olib, kelajakda yuzaga keladigan yanada takomillashgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kodifikatsiyalangan hujjatlar o’z mazmuni va nomiga ko’ra uch asosiy turga bo’linadi:

  1. Qonun asoslari – bu huquqning muayyan sohasi yoxud davlat boshqaruvi muayyan doirasining muhim qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatdir. Kodifikatsiyalashning bunday shakli federativ yoki ittifoq davlatlarida qo’llaniladi (shu ma’noda Sobiq Ittifoq va ittifoqdosh respublikalar qonunlari asoslarini eslang).

  2. Kodeks – ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida amal qiluvchi hamda huquqiy tizimning barqarorliligini talab etuvchi kodifika­tsiyalashgan hujjatlarning eng keng tarqalgan turidir (Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va hokazo­lar).

  3. Ustav, Nizom – bular nafaqat qonunchilik hokimiyati organi, balki boshqa huquq ijodkorligi organlari tomonidan (masalan, Prezident yoki Huku­mat tomonidan) ham chiqariladigan maxsus amal qiluvchi kodifika­tsiyalashgan hujjatlardir: Umumqo’shin ustavlari, Temir yo’l us­tavi va boshqalar kodifikatsiyalangan hujjatlar qatoriga ki­radi.

Inkorporatsiya (lot. Incorporatio) – tizimlashtirishning bir turi bo’lib, bunda, kodifikatsiyadan farqli o’laroq, amaldagi qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqa normativ-huquqiy aktlarning mazmuniga biron-bir o’zgarish kiritilmasdan, ular xronologik, alifbo, mavzu bo’yicha yoki o’zgacha tartibda (masalan, huquq sohalari bo’yicha) tizimga solib nashr qilinadi. Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko’p jildli shaklda nashr etilib, qonunlarning chiqarilgan vaqtiga qarab (xronologik), alfavit tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab chiqarilgan qonunlar “O’zbekiston Respublikasining yangi qonunlari” degan ko’p jildli xronologik to’plam sifatida nashr etib kelinmoqda. Shu bilan birga, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to’plami”da muayyan muddat davomida qabul qilingan normativ hujjatlar inkorporatsiya shaklida tizimlashtirib boriladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin